1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Rektifikatsion kolonna deganda nimani tushunasiz?


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

19. Savol: Rektifikatsion kolonna deganda nimani tushunasiz? 
Javob: Suyuqlik aralashmalarini tashkil etuvchi komponentlarga bir necha marta qisman bug‘latish va 
bug‘larni kondensatsiyalash natijasida ajratishga rektifikatsiya deyiladi. 
Odatda, eritmalarni to‘la ajratishni faqat rektifikatsiya usuli ta’minlaydi. Bu jarayon nasadkali yoki 
tarelkali kolonnalarda o‘tkaziladi. Kolonnada bug‘ va eritma qarama-qarshi yunalishda xarakatlantiriladi va 
xar bir to‘qnashish moslamasida bug‘ kondensatsiyalansa, eritma esa bug‘ning kondensatsiyalanish issiqligi 
hisobiga qisman bug‘lanadi. 
Shunday qilib, bug‘ yengil uchuvchan komponent bilan, kolonnadan pastga oqib tushayotgan suyuqlik 
esa – kiyin uchuvchan komponent bilan boyitiladi. Bug‘ va eritmaning ko‘p marta tuqnashishi hisobiga 
distillyat butunlay yengil uchuvchan, kub qoldig‘i esa qiyin uchuvchan komponentdan tarkib topgan bo‘ladi. 
Rektifikatsion kolonnada foydalanadigan tarelkalar vazifasi gazlar ajralish jarayonida gazlar zichligiga qarab 
va toza mahsulot olish uchun ishlatiladi. 
20. Vodorod ko‘rsatkichi haqida tushuncha bering 
Javob: Vodorod ko‘rsatgichi xaqida tushuncha 
Vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan unli logarifmi vodorod ko‘rsatkichi rN (pe-
ash deb o‘kiladi) deyiladi. 
rN=- Lg(N+)
bunda (N+) – vodorod ionlarining konsentratsiyasi, g-ion/l. O‘z navbatida gidroksil ionlari 
konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan manfiy unli logarifmi gidroksil ko‘rsatkich rON deyiladi. 
rON =- Lg(OH-) 
bunda (OH-)- gidroksil ionlarining konsentratsiyasi, g-ion/l. 
rN va rON kattaliklar eritmaning kislotaviy yoki ishqoriyligini miqdoriy jixatdan xarakterlaydi. Masalan 
rN=2 bo‘lgan eritmada 10-2 g-ion/l vodorod ionlari bo‘ladi, bu esa NCl yoki boshqa kuchli kislota 
eritmasining kislotaliligi 0,01M bo‘lishiga muvofiq keladi. rN=3 bo‘lgan eritmada esa 10-3 g-ion/l vodorod 
ionlari bo‘ladi va u NCl eritmaning kislotaliligi 0,001M bo‘lgan xolga to‘g‘ri keladi. Ravshanki birinchi 
eritmaning kislotaliligi ikkinchi eritmaning kislotaliligidan 10 marta kattadir. 
Eritmalarning muxitini rN yordamida shunday aniqlash mumkin: neytral rN=7, kislotaviy rN<7 , 
ishqoriy rN>7 . Vodorod ionlarining konsentratsiyasi, rN kattaligi va eritmaning muhiti orasidagi bog‘liklik 
quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin. 
Agar rN=1;2;3;4 bo‘lsa kuchli kislotali, agar rN= 5;6 bo‘lsa kuchsiz kislotali, agar rN= 8;9;10 bo‘lsa kuchsiz 
ishqoriy, agar rN=11;12;13;14 bo‘lsa kuchli ishqoriy eritma bo‘ladi.



Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling