1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Gradirnyaning qanday turlari bor?


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

15. Savol: Gradirnyaning qanday turlari bor? 
Javob: Gradirnya orositellari tipiga ko‘ra plyonkali, tomchili va sachratgichli turlarga bo‘linadi; havo berish 
usuliga ko‘ra – ventilyatorli, minorali (baland so‘ruvchi minora evaziga havoni so‘rish sodir bo‘ladi) va ochiq 


(yoki atmosferali). Ventilyatorli gradirnya to‘liq va barqaror suvni sovutadi va atmosferali va minorali 
gradirnyaga nisbatan ko‘proq nisbiy issiqlik nagruzkasini yo‘qotadi, ammo qo‘shimcha elektr energiyasi 
sarfini talab qiladi. 
16. Savol: Texnologik suvni sovutish qurilmasidagi jarayonni tushuntiring. 
Javob: Majmua texnologik hududlaridan qizib kelayotgan suv qurilma texnologik suvni sovutish minorasiga 
o‘tib, forsunkalar orqali suv tomchilar hosil qilgichga (orositel) purkaladi va tomchi hosil qilinadi. Tomchiga 
aylangan suv ma’lum bir masofadan tushayotgan vaqtda soviydi. Yanada tezroq sovushi uchun ventilyator 
yordamida suv tomchilari orasidan havo so‘rib olinadi. Mana shu jarayonda ma’lum bir miqdordagi suv 
tomchilarni ventilyator kuraklari havoga chiqarib yuboradi. Suv sarfi oshib ketmasligi uchun havo yo‘liga suv 
tomchilarini ushlagichlar (kaplya ulovitel) qo‘yilgan. Yana bir qism suvlar suv bug‘lariga aylanib chiqib 
ketadi.
17. Savol: Separator nima va ishlash prinsipi xaqida ma’lumot bering? 
Javob: Separator (ot angl. separator — «razdelitel») — maxsulotni turli xususiyatlarga ega bo‘lgan 
fraksiyalarga ajratib turadigan qurilma. Gaz tarkibidagi suyuqlik ajralishi separator yordamida amalga 
oshiriladi. Gaz sovitilib shudringlanish nuqtasiga yaqinlashtirilsa va separatorga kiritilib kengayishi xamda 
setkalarga to‘qnashish natijasida namlik ajraladi. 
18. Savol: Reaktorlar haqida tushuncha. 
Javob: Bir modda ikkinchi modda bilan reaksiyaga kirishib boshqa modda hosil qilishi reaktorda amalga 
oshiriladi. Reaktorda katalizator ham ishtirok etadi. Masalan atsetilenga vodorod birikib etilen hosil qiladi. 

Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling