1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Savol: Suyukliklarda elektr utkazuvchanlik tushunchasi nima?
Download 207.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Savol Javob «arala.cleaned
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35. Savol: Suvning qattiqligi deganda nimani tushunasiz
- 36. Savol: Yoqilg‘i gazi xakida ma’lumotlar va gazlarning bosimiga karab bulinishi, ishlatilishi.
34. Savol: Suyukliklarda elektr utkazuvchanlik tushunchasi nima?
Javob: Barcha moddalar elektr toki ta’siriga munosabatiga ko‘ra ikki guruxga: elektr toki o‘tkazadigan va elektr toki o‘tkazmaydigan moddalarga bo‘linadi. Eritmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar – elektrolitlar, Eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar – elektrolitmaslar deyiladi. Elektrolitlar – kislotalar, ishqorlar, tuzlar. Elektrolitmaslar – qand, spirt, jumladan toza suv xam. «Ion» - atamasi grekcha suz bo‘lib, «boruvchi» degan ma’noni bildiradi. Elektrolitlar – Tuzlar, kislota va ishkorlar suvda eritilganda ularning molekulalari musbat va manfiy ishorali ionlarga ajraladi. Ana shu ionlarning tartibli xarakati elektr tokining o‘tishini ta’minlaydi. Elektrolitlarning ionlarga ajralishi dissotsialanish jarayoni deyiladi. Qand, efir, spirt va boshka moddalarning molekulalari suvda eritilganda ionlarga dissotsialanmaydi. 35. Savol: Suvning qattiqligi deganda nimani tushunasiz? Javob: Suvning qattiqligi deb, 1 litr suvda erigan Ca va Mg tuzlarining miqdoriga aytiladi. Suvning qattiqligi 3 xil: a) vaqtinchalik, b) doimiy, v) umumiy bo‘ladi. A) Vaqtinchalik qattiqlik suvda erigan Sa(NSO3)2, Mg(NSO3)2 tuzlar tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun karbonatli qattiqlik ham deyiladi. Suv qaynaganda bu qattiqlik yo‘qoladi. Sanoatda bu qattiqlikni yo‘qotish uchun suvga tegishli miqdorda NaON yoki Sa(ON)2 qo‘shiladi. B) Doimiy qattiqlik suvda erigan SASl2, CaSO4, MgCl2 va MgSO4 tuzlari tufayli yuzaga keladi. Bu qattiqlik suv qaynatganda yo‘qolmaydi. Sanoatda bu qattiqlikni yo‘qotish uchun suvga tegishli miqdorda Na2SO3 qo‘shiladi. V) Doimiy qattiqlik va vaqtinchalik qattiqliklarning yig‘indisi umumiy qattiqlik deyiladi. 36. Savol: Yoqilg‘i gazi xakida ma’lumotlar va gazlarning bosimiga karab bulinishi, ishlatilishi. Javob: Har qanday gaz yoqilg‘isi bir qancha oddiy gazlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu gazlar ikki qismga bo‘linadi: yonuvchi gazlar va yonmaydigan gazlar. Yonuvchi gazlar qatoriga vodorod N2, uglerod CO, metan SN4, etan S2N6, propan S3N8, butan S4N10, pentan S5N12 va boshqa og‘ir uglevodorodlar hamda vodorod sulfid N2S kiradi. Gazning yonmaydigan qismiga karbonat angidrid (SO2 ), azot N2, kislorod O2 va suv bug‘lari N2O kiradi. Yonuvchi gazlarning eng yengili vodorod N2 bo‘lib, uning issiqlik berish qobilyati 10800 kJ/m3 Bu gaz havodan yengil, rangi va xidi yo‘q. Bu gaz asosan sun’iy gazlarda ko‘p uchraydi. Uglerod oksidining (SO2 ) issiqlik berish qobiliyati 12640 kJ/m3. Bu gaz o‘ta zaharli bo‘lib, uglerodning chala yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu gaz asosan sun’iy gazlar tarkibiga bo‘linadi. Bundan tashqari, har qanday yoqilg‘ining chala yonishi natijasida ham hosil bo‘ladi. Metan gazi SN4 asosan tabiiy gazlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Uning issiqlik berish qobilyati 35840 kJ/m3. Metan rangsiz, xidsiz gazdir. Metan gazi tabiiy gazlarning 90- 98% igacha tashkil qilishi mumkin. Etan C2H6, prapan C3H8, butan C4H10 va boshqa uglevodorodlar ham yonuvchi gazlar bo‘lib, ular asosan, metan gazi ishtirok etgan tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Ulardan tashqari, tabiiy va yo‘ldosh gazlarining tarkibida suv bug‘lari, smola zarrachalari, chang, ammiak, vodorod, vodorod sulfid uchrab turadi. Vodorod sulfid N2S gazi zaharli bo‘lib, odam organizmiga kuchli ta’sir qiladi, bundan tashqari, gaz tarkibidagi suv bug‘lari bilan birikib sulfat kislota hosil qiladi va gaz quvurlarining metalini, qozon hamda sanoat pechlarining metall qismlarini yemirib, ishdan chiqaradi. Shuning uchun iste’molchiga berilayotgan gazning tarkibida vodorod sulfidning miqdori 2 % dan oshmasligi kerak. Gazning issiqlik berish qobiliyati deb 1 m3 gaz yonganda hosil bo‘lgan issiqlik miqdoriga aytiladi (kJ/m3). Issiqlik berish qobiliyati ikki xil bo‘ladi: yuqori issiqlik berish qobiliyati; quyi issiqlik berish qobiliyati; Yuqori issiqlik berish qobiliyati yonilg‘i tarkibidagi vodorod yonganda hosil bo‘ladigan suv zarrachalarini bug‘lantirish uchun sarf bo‘lgan issiqlik miqdorini ham o‘z ichiga oladi. Texnik hisoblarda undan foydalanilmaydi. Quyi issiqlik berish qobilyati esa yonishda hosil bo‘lgan suv zarrachalarini bug‘latish uchun ketgan issiqlikni hisobga olmaydi. Shunday qilib, tabiiy gazlar uchun yuqori va quyi issiqlik berish qobilyatlarining farqi taxminan 4200 kJ/m3 tashkil qiladi. Gazlarning normal va standart holatlari. Har qanday gazning holati uning bosimi va haroratiga bogliq buladi. Shunga qarab gazlar ikki xil holatda bo‘lishi mumkin : 1) Normal holat. Bunda harorati T= 0 0C va bosim R=760 mm sim ust. Bu holat har qanday muhandis hisoblashi uchun maxsus adabiyotlarda ishlatiladi. 2) Standart holat. Bunda gaz harorati T= 20 0C , bosim R=760 mm sim ust. Ishlatilgan gaz uchun pul to‘lash paytida yoqilgan gazning hajmini standart holatga quyidagi formula yordamida keltiriladi : Bu yerda : - o‘lchov asbobi ko‘rsatgan gaz sarfi, m3/soat ; Rish - quvurdagi gazning absolyut bosimi, atm; Tish - quvurdagi gazning absolyut harorati, K; Rabs - atmosfera bosimi (Rabs = 1atm). Gazni odorizatsiya qilish. Tabiiy gaz oddiy sharoitda hidsiz shuning uchun gaz chiqqanini o‘z vaqtida bilish uchun unga qo‘lansa hidli suyuqlik-etilmerkaptan (odorant) C2N5 SH suyuqligi qo‘shiladi. Bu suyuqlik o‘tkir hidli bo‘lib, bizning nafas yo‘llarimizga ta’sir etganda gazning hidini sezishimiz kerak, ya’ni 1 % tabiiy gaz xonada bo‘lganida uni sezishimiz kerak. Tabiiy gazga qo‘shiladigan odorantning miqdori 1000 m3 gazga 16 g qo‘shiladi, suyultirilgan gazga esa 1 t ga 40 ÷ 60 g qo‘shiladi. Tabiiy gazning asosiy yonadigan kismi metan xavo bilan kushilganda portlash xavfi bor (Metan uchun 20 0S, 760 mm simob ustuni bulganda). Tabiiy gaz bosimlari 3 xil buladi: 1. Past bosim 0,05 kgs/sm2 gacha yoki 500 Pa gacha. 2. Urta bosim 0,05 kgs/sm2 dan 3 kgs/sm2 gacha yoki 0,3 MPa gacha. 3 Yukori bosim 3 kgs/sm2 dan 12 kgs/sm2 gacha. Tabiiy gazni portlash chegarasi 5,5 ÷ 15,6 % / ob. 1m3 tabiiy gazni meyoriy yokish uchun 10m3 xavo kerak buladi. Download 207.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling