1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Nasoslar, ularning turlari, tuzilishlari va ishlatilishlarini ayting?


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

37. Savol: Nasoslar, ularning turlari, tuzilishlari va ishlatilishlarini ayting? 
Javob: Kurilmalarda va kuvur ichida suyuklik uning boshi va oxiridagi bosimlar farki tufayli xarakat kiladi. 
Suyuklikning kuyi satxdan yukori satxga uzatish uchun esa, nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuklikga 
bosimning potensial energiyasi ta’sir ettiriladi. 
Nasos – shunday gidravlik mashinaki, unda elektr yuritkichning mexanik energiyasi suyuklikning 
xarakatlanish (uzatish) energiyasiga aylantirib beriladi. Nasoslar dinamik va xajmiy turlarga bo‘lingadi. 
Dinamik nasoslar suyuqlikka beriladigan kuchlarning ta’siriga ko‘ra kurakli (lopastli) va ishqalanuvchi 
turlarga bo‘linadi. Kurakli (lopastnoy) nasoslarga –markazdan qochma, o‘qli, diaganalli nasoslar kiradi. 
Ishqalanuvchi nasoslarga – uyurmaviy (vixrevoy), oqimli (struyniy), erliftli va shnekovoy nasoslar kiradi. 
Xajmiy nasoslarning ishlash prinsipi yopik xajm ichida siqib chiqarish usuliga asoslangan bo‘lib, 
ilgarilama-qaytma va aylanma xarakatlar tufayli suyuqlik siqib chikariladi. Xajmiy nasoslar ishchi 
organlarning xarakatlanish turiga qarab ilgarilama-qaytma va rotatsion aylanma nasoslariga bo‘linadi. 
Ilgarilama-qaytma nasoslari o‘z navbatida porshenli, plunjerli, diafragmali turlariga bo‘linadi. Rotatsion 
aylanma nasoslari shesternyali, vintli va shiberli (plastinali) nasoslar kiradi. Markazdan kochma nasoslarda 
bosim markazdan kochma kuch ta’sirida, ya’ni nasos kobigi (asosi)ga joylashgan kurakli gildirakning 
aylanishi tufayli sodir buladi. 
Uyurmaviy nasoslarda uyurma energiyasi xisobiga uzatiladi. Bu ishchi gildirakning aylanishida 
uyurmaning tezda xosil bulishi va sunishi bilan amalga oshadi. 
Aytib utilgan nasoslardan tashkari, yani okimchali nasoslar, xamda gazliftlar va montejyu deb 
nomlanadigan mashinalardan xam foydalaniladi. Bu nasoslarda gaz, suv va buglarning bosimlaridan 
foydalaniladi.
Nasoslarning asosiy parametrlari bulib sarfi, napori va kuvvatlari xisoblanadi. 
Unumdorlik Q (m3/s) – bu suyuklikning xajmiy sarfi bulib, xaydash kuvuri orkali nasos yordamida 
uzatilgan suyuklik mikdorini bildiradi. 


Nasos napori N (m) – bu nasosning massa birligiga ega bulgan suyuklikka bergan solishtirma 
energiyasidir. 
Foydali kuvvat NF (Vm) – napor N va suyuklik massaviy sarfi pg V kupaytmasiga teng mikdordagi 
suyuklik potensial energiyasiga aytiladi: 
Nf = rgQN. 
Markazdan kochma nasoslar 
Ishlash prinsipi. Markazdan kochma nasoslar okim kinetik energiyasini bosimning potensial energiyasiga 
aylantirib berishiga asoslanib ishlaydi. Bu turdagi nasoslarda suyiklikni surish va uzatish markazdan kochma 
kuch ta’sirida bulib, bu kuch nasos ishchi gildiragiga joylashgan spiralsimon kurakchalarni aylanishidan xosil 
buladi. Kurakchalar suyuklik okib utadigan kanalni xosil kiladi. 
Porshenli nasoslar 
Porshenli nasoslar plunjer yoki porshenni silindrda ilgarilama-kaytma xarakati yordamida suyuklikni sikib 
chikarish prinsipiga asoslangan. Porshenni ung tomonga kilgan xarakatidan keyin, silindrning chap kismida 
xavoni siyraklanishi sodir bulib, surish klapani ochiladi va surish kuvuri orkali suyuklik silindrga tortib 
olinadi. Porshen chapga surilganda surish klapani berkilib, uzatish klapani ochiladi va suyiklik xaydash kuvuri 
orkali uzatila boshlaydi. 
Porshen krivoship-shatunli mexanizm yordamida xarakatga keltiriladi. Porshen silindrda zichlovchi xalkalar 
yordamida sikib turiladi. Porshenli nasoslar uzatmasi turiga karab, bevosita ulanuvchi va uzatmali buladi. 
Nasoslarni takkoslash 
Xajmiy nasoslar. Porshenli va plunjerli nasoslarning asosiy afzalligi bu ularda foydali ish koeffitsiyentining 
kattaligi va kam mikdordagi, yukori kovushok suyukliklarni xar kanday bosimda uzatib berish xossasiga 
egaligidir. Lekin, ularda suyuklik uzatilishi notekisligi, klapanlarni tez ishdan chikishi va ularning kata 
ulchamga ega bulishi, porshenli va plunjerli nasoslarning kullanishini ozgina chegaralaydi. Plunjerli 
nasoslarni ishlatish osonrok bulib, buzilishi kamror buladi. 
Xajmiy nasoslar tuzilishi oddiy (shesternyali va vintli) bulib, suyuklikni bir meyorda uzatib beradi. 
Markazdan kochma va ukli nasoslar. Bu nasoslar foydali ish koeffitsiyenti yukori va suyuklikni bir meyorda 
uzluksiz uzatib beradi. Nisbatan soda tuzilganligi ularni uzok xizmat kilishini va ishonchliligini ta’minlaydi. 
Klapanlarning yukligi, ishkalanish yuzalari bulmasligi ifloslangan suyukliklarni xam uzatish imkonini beradi. 
Elektr yuritgich bilan bevosita ulanishi nasos kurilmasining ixchamligini ta’minlaydi va uning foydali ish 
koeffitsiyentini oshiradi. Kurakchali nasoslarni ushbu afzalliklari, ularning kimyo sanoatida keng kulamda 
kullanishiga olib keldi. 
Bu nasoslarning kamchiligi: unumdorligi va bosimi kamligidir. 
Okimchali nasoslar. Ushbu nasoslarning afzalligi shundan iboratki, ularning tuzilishi ancha sodda, ifloslangan 
suyukliklarni xam uzata oladi. Suv okimchali nasoslar texnikada kuduklardan suvlarni kutarish uchun xizmat 
kiladi. Bug – okimchali nasoslar esa, bug kozonlarga suv uzatish uchun yoki vakuum xosil kilishda kizmat 
kiladi. Okimchali nasoslarning kamchiligi: foydali ish koeffitsiyenti juda kichik va yukori bosim xosil kila 
olmaydi. 
Xavoli (gazli) ko‘targichlar. Bu nasoslar tuzilishi soda va ularga kursatiladigan xizmat xam oddiyligidir. 
Misol uchun, chukur kuduklardan suv chikarish, agressiv suyukliklarni uzatishda kullaniladi. Xavoli 
kutargichlar f.i.k past (25…35%). Lekin, nasos tarkibida xarakatchan kism va detallar yukligi, uning eng 
asosiy afzalligidir.

Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling