1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

6. Savol: Distilyatsiya nima? 
Javob: Bu latincha suz bo‘lib distillatio ya’ni tomchining oqishi degan ma’noni anglatadi. Suv 
bug‘latilgandan so‘ng, suv bug‘i kondensatsiyaga uchragan suv distillyat deb ataladi. Bu jarayonning 
muntazam kechishida ya’ni sanoat miqyosida distillyat olish uchun maxsus distilyatsion qurilmalar mavjud 
bunda bug‘latish jarayoni va keyingi jarayon sovutish (kondensatsiyalash) birgalikda olib boriladi. 
 
7. Savol: Issiqlik almashinish qurilmalari nima va ishlash prinsipiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? 
Javob: Issiqlik almashinish qurilmalari – sovutish, isitish, kondensatsiyalash, bug‘lanish va bug‘latish 
jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar IAQ deyiladi. Jarayonlarni o‘tkazish shartlari va 
qurilmalarni qo‘llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi turlicha bo‘ladi. Ishlash 
prinsipiga qarab; sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi 
kondensator va hokazo) qurilmalarga bo‘linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik 
almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar issiqlik almashinish yuzasi 
issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi xisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa – o‘z 
issiqligini beradi. (bular yuzali ya’ni plastinali IAQ),
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltgich devor bilan ajratilgan bo‘lib, ularda bir muhitdan 
ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari konstruksiyasiga 
qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq-trubali, «truba ichida truba», zmeyevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, 
plastinali, qirrali, g‘ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo‘lishi mumkin. 
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq 
eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning 
issiqligi xisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa – o‘z issiqligini beradi. (bular yuzali ya’ni 
plastinali IAQ), Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalari ikkita seksiyadan tashkil topgan bo‘ladi. 
Birinchisida issiqlik eltkichdan oraliq materialga issiqlik uzatilsa, ikkinchisida esa – oraliq materialdan 
texnologik gazga uzatiladi. 
Check Point Threat Extraction Secured This Document
Get Original


Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikala eltkich bevosita o‘zaro aralashishi paytida issiqlik 
almashadi. Aralashtiruvchi IAQ lar bir xil yo‘lli xo‘l kondensator, qarama-qarshi yo‘lli quruq 
kondensatorlarga bo‘linadi. Bir xil yo‘lli xo‘l kondensator bug‘ni suv yordamida kondensatsiyalash uchun 
mo‘ljallangan. Kondensatorga sovutuvchi suv soplo orqali kiritiladi. Qarama-qarshi yo‘lli quruq 
kondensatorda bug‘ va sovutuvchi suvning o‘zaro ta’siri qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tadi. Sovutuvchi suv 
kondensatorning yuqori qismidagi teshikli tarelkasiga yuborilsa, bug‘ esa –pastdagi tarelka ostiga yuboriladi. 
Havo esa, ushlagich orqali vakuum – nasos yordamida so‘rib olinadi. Shuning uchun ham bu turdagi 
kondensatorlarni barometrik kondensatorlar deb ataladi. Bunda kondensatsiyalash jarayoni vakuum ostida olib 
boriladi. Qurilmadagi absalyut bosim 0,01- 0,02 MPa bo‘ladi. 

Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling