(yoki atmosferali). Ventilyatorli gradirnya to‘liq va barqaror suvni sovutadi
va atmosferali va minorali
gradirnyaga nisbatan ko‘proq nisbiy issiqlik nagruzkasini yo‘qotadi, ammo qo‘shimcha
elektr energiyasi
sarfini talab qiladi.
16. Savol: Texnologik suvni sovutish qurilmasidagi jarayonni tushuntiring.
Javob: Majmua texnologik hududlaridan qizib kelayotgan suv qurilma texnologik suvni sovutish minorasiga
o‘tib, forsunkalar orqali suv tomchilar hosil qilgichga (orositel) purkaladi va tomchi hosil qilinadi. Tomchiga
aylangan suv ma’lum bir masofadan tushayotgan vaqtda soviydi. Yanada tezroq sovushi uchun
ventilyator
yordamida suv tomchilari orasidan havo so‘rib olinadi. Mana shu jarayonda ma’lum
bir miqdordagi suv
tomchilarni ventilyator kuraklari havoga chiqarib yuboradi. Suv sarfi oshib ketmasligi uchun havo yo‘liga suv
tomchilarini ushlagichlar (kaplya ulovitel) qo‘yilgan. Yana bir qism suvlar suv bug‘lariga
aylanib chiqib
ketadi.
17. Savol: Separator nima va ishlash prinsipi xaqida ma’lumot bering?
Javob: Separator (ot angl. separator — «razdelitel») — maxsulotni turli xususiyatlarga ega bo‘lgan
fraksiyalarga ajratib turadigan qurilma. Gaz tarkibidagi suyuqlik ajralishi
separator yordamida amalga
oshiriladi. Gaz sovitilib shudringlanish nuqtasiga yaqinlashtirilsa va separatorga
kiritilib kengayishi xamda
setkalarga to‘qnashish natijasida namlik ajraladi.
18. Savol: Reaktorlar haqida tushuncha.
Javob: Bir modda ikkinchi modda bilan reaksiyaga kirishib boshqa modda hosil
qilishi reaktorda amalga
oshiriladi. Reaktorda katalizator ham ishtirok etadi. Masalan atsetilenga vodorod birikib etilen hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: