23. Savol: Pompaj nima va uning qanday oldini olsa bo‘ladi?
Javob: Pompáj (fr. pompage — kolebaniya, pulsatsiya) Gaz liniyalarida teskari bosim hosil bo‘lishi natijasida
ishchi xalqa (rabochiy kolso)da tebranish (pompaj)ga olib keladi. Pompaj xolati yuz berganda kompressorga
kirishdagi bosim chiqishdagi bosim bilan teng yoki yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Pompajni oldini olish uchun
antipompaj klapan, obratniy klapan bo‘lishi kerak.
24. Savol: Kavitatsiya nima va uning qanday oldini olsa bo‘ladi?
Javob: Nasoslarni so‘rish qismiga gaz faza kelishi(paydo bulishi) natijasida nasos siqa olmay qoladi. Uni
oldini olish uchun nasosga doimiy suyuqlik kelishini ta’minlash kerak. Nasos so‘rish liniyasida, idish
(yemkost) ichida uyurmaviy (vixriviy) harakatni oldini oluvchi moslama o‘rnatiladi.
25. Savol: Turbinalar, ularning turlari va ishlatilishi.
Javob: Hozirgi paytda turbinalarning qo‘yidagi turlari ishlab chiqariladi: kondensatsion turbinalar, bug‘
olinadigan issiqlik ta’minoti turbinalari, qarshi bosimli turbinalar.
Kondensatsion turbinalar faqat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun muljallangan.
Bug‘ olinadigan issiqlik ta’minoti turbinalari issiqlik va elektr energiyasini qurama usulida ishlab
chiqarishga muljallangan; bu turbinalar kondensator va bir yoki ikki marta rostlanadigan bug‘ olish imkonini
beradigan moslamalarga ega; bug‘ olinmagan hollarda ular kondensatsion turbinalar sifatida ishlashi mumkin.
Rostlanadigan bug‘ olish deganda, bug‘ning bosimi berilgan qiymatda rostlab turiladigan bug‘ olishga
tushuniladi.
Qarshi bosimli turbinalarning kondensatorlari bo‘lmaydi, ularda ishlatilgan bug‘ning hammasi issiqlik
iste’molchilariga yuboriladi.
26. Savol: Quvurlardagi (Trubalar) gidravlik qarshilik.
Javob: Quvurlar ichki yuzasi silliq bo‘lmaganligi uchun va suyuqliklar qovushqoq bo‘lganligi uchun
trubalarda gidravlik qarshilik yuzaga keladi.
Gidravlik qarshilik xisobi gidravlikaning asosiy savollaridan biridir. Bu kattalikni aniqlash bu yo‘qotishlarni
kompensatsiya qilishga zarur bulgan energiya sarfi xisobi bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga Bernulli
tenglamasini real suyuqlik xarakatiga qo‘llashda yo‘qotish kattaligini bilish zarur bo‘ladi.
Suyuqlikning kuch bilan kuvur (truba) o‘tkazgichlardagi xarakatida umumiy xolda ishqalanish qarshiligi va
joyli qarshiliklar kuzatiladi.
Ishqalanish qarshiligi deb suyuqlikning qo‘zgalmas devorga ishqalanishi natijasida naporning yo‘qolishiga
aytiladi va u quvur (truba) kengligiga, hamda soniga bog‘liq bo‘ladi.
Joyli qarshilik deb, oqim tezligining yoki yo‘nalishining o‘zgarishi natijasida naporning yo‘qolishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |