1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Kompressor nima va kompressor turlarini ayting?


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

12. Savol: Kompressor nima va kompressor turlarini ayting? 
Javob: Gazlarni uzatish va siqish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi. 
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim R2 ning, gazni so‘rilish paytidagi bosim R1 ga nisbati 
siqish darajasi deb nomlanadi. Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor mashinalari quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
Ventilyatorlar (R2/R1) <1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun; 
Gazoduvkalar 1,1 < (R2/R1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish 
uchun; 
Kompressorlar (R2/R1) > 3 yuqori bosim hosil qilish uchun ishlatiladi
Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni so‘rib olish uchun; 
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsipi) bo‘yicha porshenli, rotorli, markazdan qochma, o‘qli va 
boshqa mashinalarga bo‘linadi.
13. Savol: Demineral suv tayyorlash qurilmasida texnik suv filtrlashning nechta bosqichidan so‘ng 
demin suvga aylanadi
Javob: Qurilmada texnik suv 4 xil filtrdan o‘tadi. Mexanik filtrlar, kartrij filtrlari, teskari osmos, ion 
almashinuv filtri. Mexanik filtrlar ichida kvarsli qum va antratsit bo‘lib, ular suvni mexanik ifloslanishlardan 
tozalaydi. Kartrij filtrlari suvni 5 mikrondan katta zarrachalardan tozalaydi. Teskari osmos filtridan faqat suv 
molekulalari o‘tadi, suv tarkibidagi barcha tuzlar ushlab qolinadi. Ion almashinuv filtrlarida anionit va kationit 
filtrlovchi elementlari bor bo‘lib, suv ion holdagi tuzlardan tozalanadi, ya’ni anionitda anionlar va kationitda 
kationlar ushlab qolinadi.
14. Savol: Gradirnya – nima? 
Javob: Gradirnya (nem. gradieren – tuzli aralashmani quyuqlashtirmoq) suvni atmosfera havosi bilan 
sovutuvchi qurilma. Gradirnyadan ishlab chiqarish korxonalarining aylanma suv ta’minoti tizimlarida issiqlik 
almashish qurilmalari, kompressorlar va h.k.lardan qaytayotgan suv haroratini tushirish uchun foydalaniladi. 
Suvni sovushi asosan og‘irlik kuchi ta’sirida orositellardan tomchi yoki plyonka ko‘rinishida oqib 
tushayotgan suvning bir qismini bug‘lanishi evaziga sodir bo‘ladi (1 % suvning bug‘lanishi uning haroratini 
taxminan 6 0S gacha kamaytiradi).

Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling