1. Savol: Barbotaj nima?
Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman» degan ma’noni anglatib bosim ostida gaz yoki bug‘
ta’sirida suyuqliklarni qo‘zg‘alash,
quvurlar, apparatlar sirtiga o‘tirgan zarrachalarni qo‘zg‘atish orkali
issiklik almashinishda intensivligini oshirishga erishish.
2. Savol: Bug‘ turbinasi nima va uning vazifasi.
Javob: Shunday issiqlik dvigatellariga bug‘ turbinasi deb ataladiki bug‘ning potensial
energiyasini birinchi
kinetik energiyaga aylantiradi shundan sung kinetik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi.
Bug‘ning potensial energiyasini mexanik energiyaga aylanish usuliga qarab aktivli va reaktivli turbinalarga
bo‘linadi. Bug‘ turbinasi bug‘ning kinetik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Yuqori bosimli
bug‘ tezlik bilan turbina ishchi xalqasi (rabochiy kolso)ga urilib aylantirib ish bajaradi. Bug‘ning kinetik
energiyasi
bosimidan foydalanib, nasos va kompressorlarning mexanik xarakatini ta’minlovchi qurilmaga
bug‘ turbina deyiladi.
3. Osmotik bosim va teskari osmos nima?
Javob: Osmotik bosim-erituvchi past konsentratsiyali muhitdan bosim ostida yarim o‘tkazuvchi
filtr orqali
yuqori konsentratsiyali muhitga o‘tishi.
Teskari osmos – yuqori konsentratsiyali muhitdan bosim bilan filtrlar orqali past konsentratsiyali muhitga
o‘tishi.
4. Savol: Gazlar tarkibidagi namlik nima uchun ajratilib olinadi.
Javob: Gazlarni faza (fraksiya)ga ajratish uchun sovitilganda tarkibidagi namlik
muzlab qotib qolmasligi
uchun, hamda namlikning texnologik jarayonlarga salbiy ta’sirining oldini olish uchun gazlar tarkibidagi
namlik ajratilib olinadi.
5. Savol: Gaz turbina nima va ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Javob: Bu latin tilida turbo –«vrasheniya» ma’nosini anglatadi. Gaz turbinalarda yoqilg‘i gaz yoqilib, issiqlik
energiyasini turbina mexanik energiyasiga almashtirish uchun gaz turbina ishlatiladi.
Gaz topka kamerada
yoqilib, gaz yonib kengayish hisobiga turbina sopla orqali yo‘nalish berib, lopatkalariga uriladi va aylantiradi.