Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi


Download 1.49 Mb.
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1599142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mahmudjonov kurs ishi



MUNDARIJA
KIRISH

  1. Kondensatsiyalash tarifi

    1. Kondensatsiyalash jarayoni

    2. Kondensator tuzilishi

NAZARIY QISM

  1. Moddalarni sovutish jarayonlari

    1. Muhit temperaturasigacha sovitish

    2. Muhit temperaturasidan past temperaturagacha sovitish

    3. Kompressor bug’ sovitish mashinalari

    4. Ikki va uch bosqichli sovitish mashinalari

    5. Sovuqlik eltkichlar

TEXNOLOGIK QISM
3 Toluolni suv bilan sovutish uchun mo’ljallangan trubali sovutgichni tanlash va hisoblash
3.1 Texnologik xisob
3.2 Issiqlik miqdorini aniqlash
3.3 Quvurlardagi issiqlik elituvchi xarakat rejimini aniqlash
3.4 Devordan sovituvchi suvga issiqlik berish koeffisienti
3.5 Quvirlararo qadam sonini xisoblash
XULOSA
FIYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

Kimyo sanoatining bir qancha jarayonlari ancha past temperaturada olib boriladi. Sovuqlik eltkich sifatida havo, suv va muzni ishlatib bunday jarayonlarni amalga oshirib bo’lmaydi.


Sun’iy sovitish yo’li bilan boradigan jarayonlar qatoriga ba’zi bir absorbtsiya, kristallanish, gazlarni ajratish, sublimatsiyali quritish va boshqa jarayonlar kiradi. SHuningdek, bu turdagi sovitishdan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, yer qatlamlarini muzlatish, havoni konditsiyalash va boshqalarda keng foydalaniladi.
Sun’iy sovitish doimo past temperaturali muhitdan yuqoriroq temperaturali muhitga issiqlikni uzatish bilan bog’liq. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan, bunday uzatish energiya sarfini talab qiladi. SHuning uchun ham, sistemaga energiya kiritilishi sovuqlik olishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Sovuqlik ishlab chiqarish usullari ma’lum darajada talab etilayotgan temperatura va qurilmaning ishlatilish ko’lami bilan aniqlanadi.
SHartli ravishda 1) o’rta sovitish (atrof muhit temperaturasidan – 1000S gacha) va 2) chuqur sovitish (- 1000S dan past temperatura) larga bo’linadi.
O’z navbatida -1000S dan past temperaturalar olish shartli ravishda quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
a) chuqur sovitish texnikasi (45 K ... 273 K);
b) kriogen texnikasi (40 K ... 0,3 K);
v) ulьtra-past temperaturalar texnikasi (0,00002 K gacha);
2 K dan yuqori temperaturalar olinishi texnikada qo’llaniladi. Undan pastroq temperaturalarni olish esa, ilmiy tajribalar qilish texnikasiga to’g’ri keladi.
CHuqur sovitishga to’g’ri keladigan temperaturalarni olish gaz aralashmalarini qisman yoki to’liq suyultirish yo’li bilan ularni ajratish imkonini beradi. Natijada azot, kislorod, vodorod, propan, butan, etilen va boshqa gazlarni olish mumkin bo’ladi.



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling