Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi


Download 1.49 Mb.
bet9/15
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1599142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Mahmudjonov kurs ishi

Ammiakning afzalliklari quyidagilar: yuqori bug’ hosil bo’lish issiqligi, bug’latgichdagi uncha katta bo’lmagan ortiqcha (atmosferadan) bosim va yuqori bo’lmagan kondensatsiya bosimi. SHu bilan birga ammiak, yonuvchan, zaharli, havo bilan aralashib portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin va namlik bo’lganda mis va uning qotishmalarini yemirilishi (korroziya) mumkin.
Freonlar – bu metanning ftorxlor birikmalaridir. Freonlar yuqori bo’lmagan suyuqlanish va bug’lanish bosimiga ega, zararsiz, yong’in va portlashga havfsiz, konstruktsion materiallarni yemirmaydi. Kamchiliklarga esa sovuqlik eltkichining yo’qotilishiga sabab bo’ladigan juda kichik qovushoqlik va moylar bilan yaxshi aralashishi kiradi.
Uglerod dioksidi – yuqori solishtirma hajmiy unumdorlikka ega, bu o’z navbatida kompressor tsilindrlarining ixcham bo’lishiga olib keladi. Lekin juda past kritik temperatura va yuqori kondenlanish bosimiga ega bo’lgani uchun uning ishlatilish sohasi chegaralangan.
Xlorli metil va oltingugurt angidridining asosiy kamchiliklari past bug’lanish bosimi (atmosferadan) va oltingugurt angidridining korrozion faolligi va zaharliligidir.
Ishlab chiqarish sharoitlarida sovitish qurilmalari boshqa bir qancha qurilmalarga xizmat ko’rsatishi mumkin va bu qurilmalar oraliq sovuqlik eltkichlar orqali sovitiladi. Oraliq sovuqlik tashuvchilar sifatida past temperaturada muzlaydigan eritmalar – natriy xlorid, kalьtsiy xlorid yoki magniy xlorid tuzlarining suvdagi eritmalari qo’llaniladi. Sovitish eritmalari nasos yordamida sovitish mashinasining bug’latgichi va qurilmalar orasida aylanma harakat (tsirkulyatsiya) qiladi. Bug’latkichda eritma soviydi va qurilmalarda issiqlikni o’ziga olib isiydi. Eritma va uning kontsentratsiyasini tanlash talab qilinayotgan sovitish temperaturasiga bog’liq. Bu temperatura eritmaning muzlash temperaturasi – kriogidrat nuqta temperaturasidan yuqori bo’lishi kerak.


7.Kompressor qurilmalarining jihozlari

Sovitish qurilmasi tarkibiga kompressorlar va har xil turdagi issiqliq almashinish qurilmalari kiradi.


Kompressorlar. Kompressor sovitish qurilmalarida porshenli, rotorli, turbokompressorlar va vintli kompressorlar qo’llaniladi. SHulardan eng keng tarqalgani - porshenli kompressorlardir. Yuqori va o’rtacha unumdorlikda V- va W- simon kompressorlar qo’llaniladi. Kichik unumdorlikda ishlovchi freonli kompressorlar elektr yuritkich bilan bir qobiqda joylashtirilib, salьniksiz va germetik ravishda ishlab chiqariladi.
Yuqori siqish darajalariga erishish uchun ko’p bosqichli kompressorlar bilan bir qatorda ko’p bosqichli agregatga ulangan bir bosqichli kompressorlar ham qo’llaniladi. Masalan, past bosim bosqichida maxsus siqib beruvchi (buster kompressor) qo’llanilsa, yuqori bosimgacha esa - bir bosqichli kompressor qo’llaniladi. Sanoatda ikki bosqichli kompressorlar ham keng ishlatiladi. Yuqori sovitish unumdorligida ikki va uch bosqichli turbokompressorlar qo’llaniladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling