Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi
Download 1.49 Mb.
|
Mahmudjonov kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Sovuqlik eltkichlar
T -S va p-i diagrammalarda (5b,v-rasmlar) ikki bosqichli kompressor sovitish mashinasining tsikli ko’rsatilgan. Sovuq eltkich bug’lari past bosim tsilindrida 1-2 adiabata bo’yicha siqiladi, sovitkich III da 2-3 izobara chizig’i bo’ylab bir oz soviydi, keyin ajratgich idish IV da o’ta qizish issiqligini to’liq yo’qotadi va to’yinish temperaturasigacha soviydi (3-3 izobarasi). Keyin to’yingan bug’lar yuqori bosim tsilindrida 3-4 adiabata bo’yicha 4 - o’ta qizigan holatigacha siqiladi. Kondensator IV o’ta qizigan sovuqlik eltkich bug’lari 4-5 bo’yicha to’yinish holatigacha (5 nuqta) soviydi va shu qurilmaning o’zida 5-6 izobara (ham izoterma) chizig’i bo’ylab kondensatsiyalanadi, hamda 6-7 izobara bo’yicha o’ta soviydi. VII drossel ventilidagi drossellanish jarayoni 7-8 – izoentalьpiya chizig’i bilan ifodalanadi. Kengayishdan keyin hosil bo’lgan nam bug’ (8-nuqta) IV ajratgich idishda bug’ (3- nuqta) va suyuq fazaga (9-nuqta) ajraladi. Suyuq sovuqlik eltkich VIII drossel ventilida 9-10 izoentalьpiya bo’yicha R bosimgacha drossellanadi va bug’latgich I da 10-1 izoterma bo’yicha bug’lanadi. Ikki bosqichli sovitish mashinasining past va yuqori bosim tsilindrlaridagi siqilish darajasi bir bosqichliga qaraganda kichik, shuning uchun ham kompressorning hajmiy foydali ish koeffitsienti yuqori bo’ladi. 6.Sovuqlik eltkichlar Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek sovitish koeffitsientining miqdori sovuqlik eltkichining xususiyatlariga bog’liq emas. Lekin, sovitish mashinasining o’lchamlari, konstruktsion materialning turi, ishchi bosimlar sovuqlik eltkichining xususiyatlariga bog’liq. SHuning uchun sovuqlik eltkichlariga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) Kondensatorda sovuqlik eltkich bug’larini tabiiy sovutuvchi moddalar (suv, havo) bilan suyultirishga imkon bo’lishi uchun, sovuqlik eltkichi yuqori kritik temperaturaga ega bo’lishi kerak. 2) Yuqori bug’lanish issiqligiga ega bo’lishi kerak. Bu sovitish unumdorligi yuqori bo’lishi, hamda sovuqlik eltkich sarfining kamayishiga olib keladi. 3) Kichik solishtirma hajmga ega bo’lishi kerak. Bu o’z navbatida sovitish mashinasining o’lchamlarini kamaytiradi. 4) Bug’lanish (so’rish) bosimi atmosfera bosimidan yuqoriroq bo’lgani ma’qul. CHunki sovuqlik eltqich yo’qotilishini to’xtatish, havo so’rilishini to’xtatishdan osonroq. Sistemaga so’rilgan havo bug’latkich, kondensatorda issiqlik almashinish jarayonini yomonlashtiradi, suv bug’lari kirgani sababli rostlovchi ventilda muzlab qolish havfi, hamda kimyoviy faol birlashmalarining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 5) Suyuqlanish (kondensatsiyalanish) bosimining juda yuqori bo’lmasligi kerak. Aks holda qurilma konstruktsiyasi murakkablashadi va narxi ortib ketadi. Undan tashqari, sovuqlik eltkich kimyoviy agressiv bo’lmasligi va inson organizmiga zararli ta’sir ko’rsatmasligi kerak; olovga va portlashga havfsiz, olinishi (tayyorlanishi) oson va arzon bo’lishi kerak. Qo’yilgan talablarning ikkinchisi faqat porshenli kompressorlarga tegishli. Turbokompressor qurilmalari uchun sovuqlik eltkichlar kichik bug’lanish issiqligiga ega bo’lishi kerak. CHunki turbokompressorlar ko’p miqdordagi sovuqlik eltkichini siqish uchun mo’ljallangan. Hozirgi paytda yuqoridagi talablarning ko’piga muvofiq kelgan sovuqlik eltkichlari – ammiak va freonlar. Juda kam hollarda sovuqlik eltkichi sifatida uglerod ikki oksidi, oltingugurt angidridi va xlorli metil ishlatiladi. Propan, etan va etilen moddalarini –700S dan past temperaturani olish uchun ishlatiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling