Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi


Download 1.49 Mb.
bet7/15
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1599142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Mahmudjonov kurs ishi

T-S va p-i diagrammalar orqali xaqiqiy sovitish tsiklini xarakterlovchi asosiy kattaliklarni aniqlash mumkin: kompressordagi siqish ishi, kondensatorning issiqlik yuklamasi va sovitish koeffitsienti. P-i diagrammada 1kg sovitish eltqichi bug’larini siqish uchun komressorda sarflangan solishtirma ishi quyidagicha:
(16.)
bu yerda i2, i1 - 2 va 1 nuqtalardagi entalьpiyalar.

Kondensatorga tushayotgan solishtirma issiqlik yuklamasi:


(17.)
bu yerda i3 – sovitish eltqichining 3-nuqtadagi entalьpiyasi.


q ning miqdoriga qarab, kondensatorning issiqlik almashinish yuzasini, hamda sovitish eltkichi bug’larini suyultirish uchun kerak bo’lgan suvning sarfiy miqdori aniqlanadi.
TSiklning solishtirma sovitish unumdorligi q0 jarayondagi sovitish eltqichi entalьpiyasining o’zgarishiga teng:


(18.)
bu yerda, i4 - covitish eltqichining 4-nuqtadagi entalьpiyasi.

Haqiqiy sovitish tsiklning sovitish koeffitsienti quyidagicha:


(19.)
Sovitish mashinasi tomonidan ta’minlanayotgan sovuqlik unumdorligi shu mashinaning temperatura rejimiga bog’liq.
Kompressor sovitish mashinalarining nominal sovitish unumdorligi ma’lum bir temperatura darajasiga nisbatan olinadi. Xalqaro amaliyotda shunday «standart» yoki «normal» rejim sifatida (bunda kompressor quruq to’yingan bug’larni so’radi deb qabul qilinadi): bug’lanish temperaturasi t0 = -150S, suyuqlanish (kondensatsiya) temperaturasi tk=+300S, o’ta sovish temperaturasi t=+250S qabul qilingan.
Xaqiqiy sovitish mashinalarining sxemalari 10.6-rasmdagi mashinaga qaraganda bir muncha murakkablashgan bo’ladi. Masalan, suyuq sovitish eltkichi kondensatorda o’ta soviy olmasa, drossel ventilidan avval sxemaga qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmasi – o’ta sovitkichlar o’rnatiladi. Kompressorning «quruq yurish»ini ta’minlash uchun bug’latgich va kompressor orasiga suyuqlik ajratgich (tomchi ushlagich) qo’yilib, sovitish eltkichi bug’idan ajragan suyuqlik bug’latgichga qaytariladi, qurigan bug’ esa kompressorga yo’naltiriladi.

5. Ikki va uch bosqichli sovitish mashinalari


Ba’zi bir past temperatura olish talab qilingan texnologik jarayonlarda bir bosqichli mashinalarni efffektiv ishlatib bo’lmaydi. Masalan, ammiak uchun 1 atm bosimda qaynash temperaturasi t0=-340C. Agar bundan past bug’lanish temperaturasini olish talab qilinsa, bir bosqichli sovitish mashinasi iqtisodiy kursatkichi kichik yoki umuman ishlatishga yaroqsiz bo’lishi mumkin. CHunki bu holatda kondensatsiya va qaynash temperaturalari farqi ortganligi tufayli siqilish darajasi ham ortadi, natijada kompressorning foydali siqilish koeffitsienti kamayadi. Bundan tashqari sovitish eltkichi bug’larining siqilish darajasi ortganda ularning temperaturasi ham ortadi, bu esa bug’larning parchalanishga olib kelishi mumkin.


SHu sabablarga ko’ra, nisbatan past temperaturalarni olish uchun murakkabroq bo’lgan ikki bosqichli (5-rasm) va uch bosqichli mashinalar qo’llaniladi. Ammiak bug’larini siqish natijasida ikki bosqichli mashinalarda –500S gacha, uch bosqichlida esa –700S gacha temperatura pasaytirilishi mumkin.
Ikki bosqichli kompressor sovitish mashinasida R bosimdagi sovitish eltkichi bug’lari bug’latgich I dan so’rilib olinadi va past bosim kompressor tsilindrida oraliq R1 bosimgacha siqiladi. Siqilgan bug’ sovitgich III dan o’tib ajratgich idish IV ga keltiriladi. U yerda bug’lar qaynayotgan suyuq sovitish eltkichi ichidan yuqoriga o’tib (barbotaj), soviydi va quruq to’yingan holda yuqori bosim tsilindri V yordamida so’rib olinadi. U yerda R2 bosimgacha siqilib, kondensator VI ga yo’naltiriladi. Kondensatsiyalanish tufayli hosil bo’lgan suyuq sovitish eltkichi drosssel ventil VII da R1 bosimgacha drosselanadi. SHu bosimda suyuq sovitish eltkichi ajratgich-idish IV ga kirib, shu bosimda sovitgich III dan kelayotgan sovitish eltkichi bug’larini sovitadi va bir qismi bug’lanadi. Suyuq sovitish eltkichining qolgan qismi esa VIII drosssel ventilida R bosimgacha drosssellanib bug’latgich I ga keladi, u yerda sovitilayotgan muhitdan issiqlikni olib bug’lanadi. Hosil bo’lgan sovitish eltkichi bug’larini R bosimda past bosim tsilindri II so’rib oladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling