Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi
Issiqlik almashinish qurilmalari
Download 1.49 Mb.
|
Mahmudjonov kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.Absorbtsion sovitish mashinalari
Issiqlik almashinish qurilmalari. Sovitish qurilmalarida qo’llaniladigan kondensatorlar issiqlikni ajratib olishi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
Issiqlik suv tomonidan olib ketiladigan oqimli kondensatorlar; Issiqlik suv tomonidan olib ketilib havoga bug’lanadigan, yuvilib turuvchi – bug’latgichli kondensatorlar; Havoli kondensatorlar. Yuqori va o’rta unumdorlikda ishlovchi qurilmalarda kondensatorlarning 1-turiga mansub bo’lgan qobiq - trubali kondensatorlar qo’llaniladi.Kichik qurilmalarda esa, ko’pincha havoli kondensatorlar qo’llaniladi. Bug’latkich sifatida ko’pchilik hollarda cho’ktirilgan va qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari qo’llaniladi. 8.Absorbtsion sovitish mashinalari Kompressor sovitish mashinalaridan farqli, absorbtsion sovitish mashinalarida sovuqlik olish uchun mexanik energiya emas, balki yuqori potentsialli issiqlik sarflanadi. Absorbtsion sovitish mashinasining ishchi sovuqlik eltkichi bug’larining R0 bosimda absorbent tomonidan yutilishi (absorbtsiya) va keyin qizdirishda R kondensatsiya bosimida chiqarilishiga asoslangan. Sovuqlik eltkichini suyultirish uchun siqish o’rniga, bu yerda ortiqcha bosim ostida haydash qo’llaniladi. Absorbtsion sovitish mashinalarida keng tarqalgan sovuqlik eltkichi sifatida ammiak, yutuvchi (absorbent) sifatida esa - suv qo’llaniladi. Ma’lumki, ammiak suv tomonidan yaxshi yutiladi va bu aralashmaning qaynash temperaturasi toza ammiakning qaynash temperaturasidan ancha yuqori. Suv-ammiak absorbtsion sovitish mashinasida (6-rasm) 50% ammiak bo’lgan suv-ammiak aralashmasi yuqori R bosimda ishlovchi qaynatgich I ga keladi. Aralashmadan ajragan ammiak kondensator II da suyuqlanib, ventil III dan R0 bosimgacha drossellanib o’tadi. Bug’latgich IV ga kirib, sovitilayotgan muhitdan issiqlikni olib bug’lanadi. Mashinaning sovitish unumdorligi olib ketilayotgan issiqlik bilan belgilanadi. Ammiak bug’lari bug’latgichdan absorber V ga keladi va qaynatgich I dan kelib purkalayotgan kuchsiz aralashma tomonidan yutiladi. Yutilish darajasini oshirish maqsadida qaynatgich va absorber orasiga VI issiqlik almashgich o’rnatilgan. Bu issiqlik almashgichdan chiqqan kuchsiz aralashma VII drossel ventilida drossellanib soviydi, keyin absorberga kiradi. Absorberdagi absorbtsiya issiqligi suv tomonidan olib ketiladi. Qaynatgich I ga issiqlik eltkich (ko’pincha, qizigan bug’) tomonidan suv ammiak aralashmasini qaynatish uchun issiqlik kiritiladi. Bu issiqlik sovitish tsiklini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan ishga ekvivalent. Qurilmaning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun amaliyotda qaynatgichni uluksiz ishlaydigan rektifikatsion kolonna bilan almashtiriladi. Absorbtsion sovitish mashinasining issiqlik balansi quyidagicha: bu yerda, Qk – issiqlik eltkich tomonidan qaynatgichda suv-ammiak aralashmasiga keltirilgan issiqlik; Q0 – bug’latgichda sovuq eltkichi tomonidan qabul qilingan issiqlik miqdori (qurilmaning sovitish unumdorligi); Qkond – sovuq suv tomonidan kondensatorda olib ketilayotgan issiqlik miqdori; Qabs – sovuq suv tomonidan absorberda olib ketilayotgan issiqlik. Absorbtsion sovitish mashinasining sovitish koeffitsienti quyidagicha topiladi: Absorbtsion sovitish mashinasining sovitish koeffitsienti kompressor sovitish mashinasining sovitish koeffitsientidan kichik. Lekin bu mashinalarning nisbiy samaradorligi nafaqat sarflangan energiyaning miqdori, balki uning turiga ham bog’liq. Absorbtsion sovitish mashinalarida kompressor ishlatadigan elektr energiya o’rniga, ikkilamchi, arzon energiya sarflanadi. Buning natijasida ayrim hollarda bunday mashinalarni kompressor mashinalariga nisbatan ishlatish samaraliroq bo’lishi mumkin. Absorbtsion sovitish mashinalarining asosiy kamchiligi (porshenli mashinalarga nisbatan) – ularni tayyorlash uchun ko’p metall sarflanishi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling