Mundarija kirish kondensatsiyalash tarifi


Download 1.49 Mb.
bet6/15
Sana18.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1599142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mahmudjonov kurs ishi

Haqiqiy mashina tsikli. Ideal sovitish mashinasi konstruktiv yasalishi murakkab bo’lgani uchun kengayish tsilindri drossel rostlovchi ventil bilan almashtirilgan. Bundan tashqari T-S va p-i diagrammalaridagi (4-rasm) haqiqiy mashina tsikli ideal mashina tsiklidan quyidagi 2 ta o’zgarish bilan farqlanadi:
a ) sovitish eltkichi bug’larining kompressor tomonidan siqilishi nam-bug’ sohasida emas, balki o’ta qizigan bug’ sohasida amalga oshiriladi va kompressor quruq to’yingan, ba’zida o’ta qizigan bug’larni so’radi;
b) kondensatorda suyuqlangan sovitish eltkichi kondensatsiya temperaturasidan pastroq temperaturaga o’ta sovitiladi.
Nazariy tomondan qaralganda, quruq to’yingan bug’larni siqish energiya sarfini oshirishga olib kelsada, amaliyotda kompressorning «quruq yurishi» foydaliroqdir. Bug’ quruq to’yingan holatda so’riladi (1-nuqta) va berilgan bosimgacha adiabatik siqiladi (2-nuqta). Bunda kompressor tsilindri devorlari bilan nam –bug’ orasidagi intensiv issiqlik almashinishga asoslangan sovuqlik yo’qotilishi kamayadi. Bundan tashqari, kompressorning «nam yurishida» sovitish eltkichi tsilindr ichida bug’lanadi, bu esa kompressorning foydali ish hajmiy va uzatish koeffitsientining kamayishiga va o’z navbatida tsiklning sovuqlik unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Kondensatorga kirayotgan o’ta qizigan sovitish eltkichi bug’lari o’zgarmas bosimda kondensatsiya temperaturasigacha soviydi (2-2 izobara chizig’i), so’ng ish bosimi va o’zgarmas temperaturada kondensatsiyalanadi (2-3 gorizontal chizig’i). Agar sovitish eltkichi o’ta sovitilmaganda edi, drossel ventilidagi uning kengayishi 3’-4’ izoentalьpiya chizig’i orqali ko’rsatish mumkin bo’lar edi. Sovitish eltkichi T temperaturasigacha o’ta sovitilsa, drossellanish jarayoni 3-4 entalьpiya chizig’i bo’ylab boradi. Natijada tsiklning sovitish unumdorligi ortadi 4-5-6-7 yuza). TSikl sovitish eltkichini bug’latgichda T0=const temperaturada bug’lanish bilan tugaydi (4-1 izotermasi).

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling