ishlayotgan idishlardagi ximoyalovchi klapanlarning davriy tekshiruvi xar 6 oyda. Muzlash, polimerlanish,
kokslanish muxitda ishlovchi klapanlarning davriy tekshiruvi xar 4 oyda amalga oshiriladi.
39. Savol: Kompressor nima va kompressor turlarini ayting?
Javob: Gazlarni uzatish va sikish uchun mo‘ljallangan mashinalar kompressor mashinalari deyiladi.
Kompressor mashinasi hosil qiladigan oxirgi bosim R2 ning, gazni so‘rilish paytidagi bosim R1
ga nisbati
siqish darajasi deb nomlanadi. Siqish ko‘rsatkichining qiymati bo‘yicha kompressor mashinalari quyidagi
turlarga bo‘linadi:
Ventilyatorlar (R2/R1) <1,1 – katta miqdordagi gazlarni uzatish uchun;
Gazoduvkalar 1,1 < (R2/R1) < 3 – nisbatan katta gidravlik qarshilikka ega quvurlardan gazlarni uzatish
uchun;
Kompressorlar (R2/R1) > 3 yuqori bosim hosil
kilish uchun ishlatiladi;
Vakuum-nasos atmosfera bosimidan kichik bo‘lgan bosimlarda gazlarni surib olish uchun;
Kompressor mashinalari ishlash usuli (prinsipi) bo‘yicha
porshenli, rotorli, markazdan qochma, o‘qli va
boshqa mashinalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: