1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Moddalarning zichligi to‘g‘risida tushuncha bering?


Download 257.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana18.06.2023
Hajmi257.08 Kb.
#1588484
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
29. Savol: Moddalarning zichligi to‘g‘risida tushuncha bering? 
Javob: Moddaning zichligi, uning hajm birligidagi massasi bilan o‘lchanadigan miqdordir. Agar 
zichlikni ( , jism massasini m va uning hajmini V bilan belgilasak, zichlik formulasini quyidagicha ifodalash 
mumkin:
( = m/V 
(1) 
Halqaro birliklar sistemasida (SI) zichlikning birligi qilib, har bir m3 hajmda 1 kg dan massaga ega bo‘lgan 
bir jinsli jismning zichligi kg/m3 deb qabul qilingan. Aniq shaklga ega bo‘lgan jism berilgan bo‘lsa (shar, 
kub, parallelepiped va hokazo) uning zichligini topish uchun avvalo jismning massasi tarozida tortib olinadi, 
hajmi esa jism shakliga bog‘liq holda aniqlanadi. Masalan, shar shaklidagi jismning hajmi 
V = 4/3 (r3 silindr yoki parallepiped bo‘lsa, V = S*L formuladan hisoblanadi. So‘ng (1) formula yordamida 
jismning zichligi aniqlanadi. Agar jismning shakli murakkab bo‘lsa, uning hajmini geometrik formuladan 
hisoblash mumkin emas. Bu holda Arximed qonunidan foydalanish qulay. Arximed qonuniga binoan biror 
jism suyuqlikka to‘liq botirilganda o‘z hajmiga teng bo‘lgan suyuqlikni siqib chiqaradi. Tajribada siqib 
chiqarilgan suyuqlik massasini o‘lchab, zichligi ma’lum bo‘lgan holda (1) formuladan suyuqlik hajmi, ya’ni 
jism hajmi aniqlanadi. 
30. Savol: Absorbsiya nima? 
Javob: Gaz yoki bug‘larni gaz yoki bug‘li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni 
absorbsiya deyiladi. Yutilayotgan gaz yoki bug‘ absortiv, yutuvchi suyuqlik esa absorbent deb ataladi. Ushbu 
jarayon selektiv va qaytar jarayon bo‘lib, gaz va bug‘larni ajratish uchun xizmat qiladi.
Absortiv va absorbentlarning o‘zaro ta’siriga qarab absorbsiya jarayoni 2 ga bo‘linadi. Fizik absorbsiya, 
kimyoviy absorsiya (yoki ximosorbsiya).
Fizik absorbsiya jarayonida kimyoviy reaksiya ruy bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma xosil bo‘lmaydi. Agar 
suyuqlik bilan yutilayotgan gaz reaksiyaga kirishsa bu jarayon ximosorbsiya deyiladi. 


Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va 
ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa xollarda 
keng miqyosda ishlatiladi. 
Majmuada absorbsiya jarayoniga misol tariqasida gazni DEA yordamida tozalash jarayonini keltirish 
mumkin.

Download 257.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling