1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»
Download 257.08 Kb. Pdf ko'rish
|
6. Savol: Distilyatsiya nima?
Javob: Bu latincha suz bo‘lib distillatio ya’ni tomchining oqishi degan ma’noni anglatadi. Suv bug‘latilgandan so‘ng, suv bug‘i kondensatsiyaga uchragan suv distillyat deb ataladi. Bu jarayonning muntazam kechishida ya’ni sanoat miqyosida distillyat olish uchun maxsus distilyatsion qurilmalar mavjud bunda bug‘latish jarayoni va keyingi jarayon sovutish (kondensatsiyalash) birgalikda olib boriladi. 7. Savol: Issiqlik almashinish qurilmalari nima va ishlash prinsipiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? Javob: Issiqlik almashinish qurilmalari – sovutish, isitish, kondensatsiyalash, bug‘lanish va bug‘latish jarayonlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar IAQ deyiladi. Jarayonlarni o‘tkazish shartlari va qurilmalarni qo‘llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarining tuzilishi turlicha bo‘ladi. Ishlash prinsipiga qarab; sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va hokazo) qurilmalarga bo‘linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi xisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa – o‘z issiqligini beradi. (bular yuzali ya’ni plastinali IAQ), Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltgich devor bilan ajratilgan bo‘lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari konstruksiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq-trubali, «truba ichida truba», zmeyevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g‘ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo‘lishi mumkin. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi xisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa – o‘z issiqligini beradi. (bular yuzali ya’ni plastinali IAQ), Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalari ikkita seksiyadan tashkil topgan bo‘ladi. Birinchisida issiqlik eltkichdan oraliq materialga issiqlik uzatilsa, ikkinchisida esa – oraliq materialdan texnologik gazga uzatiladi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikala eltkich bevosita o‘zaro aralashishi paytida issiqlik almashadi. Aralashtiruvchi IAQ lar bir xil yo‘lli xo‘l kondensator, qarama-qarshi yo‘lli quruq kondensatorlarga bo‘linadi. Bir xil yo‘lli xo‘l kondensator bug‘ni suv yordamida kondensatsiyalash uchun mo‘ljallangan. Kondensatorga sovutuvchi suv soplo orqali kiritiladi. Qarama-qarshi yo‘lli quruq kondensatorda bug‘ va sovutuvchi suvning o‘zaro ta’siri qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tadi. Sovutuvchi suv kondensatorning yuqori qismidagi teshikli tarelkasiga yuborilsa, bug‘ esa –pastdagi tarelka ostiga yuboriladi. Havo esa, ushlagich orqali vakuum – nasos yordamida so‘rib olinadi. Shuning uchun ham bu turdagi kondensatorlarni barometrik kondensatorlar deb ataladi. Bunda kondensatsiyalash jarayoni vakuum ostida olib boriladi. Qurilmadagi absalyut bosim 0,01- 0,02 MPa bo‘ladi. Download 257.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling