1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Pompaj nima va uning qanday oldini olsa bo‘ladi?


Download 257.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana18.06.2023
Hajmi257.08 Kb.
#1588484
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
23. Savol: Pompaj nima va uning qanday oldini olsa bo‘ladi? 
Javob: Pompáj (fr. pompage — kolebaniya, pulsatsiya) Gaz liniyalarida teskari bosim hosil bo‘lishi natijasida 
ishchi xalqa (rabochiy kolso)da tebranish (pompaj)ga olib keladi. Pompaj xolati yuz berganda kompressorga 
kirishdagi bosim chiqishdagi bosim bilan teng yoki yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Pompajni oldini olish uchun 
antipompaj klapan, obratniy klapan bo‘lishi kerak. 
24. Savol: Kavitatsiya nima va uning qanday oldini olsa bo‘ladi? 
Javob: Nasoslarni so‘rish qismiga gaz faza kelishi(paydo bulishi) natijasida nasos siqa olmay qoladi. Uni 
oldini olish uchun nasosga doimiy suyuqlik kelishini ta’minlash kerak. Nasos so‘rish liniyasida, idish 
(yemkost) ichida uyurmaviy (vixriviy) harakatni oldini oluvchi moslama o‘rnatiladi.
25. Savol: Turbinalar, ularning turlari va ishlatilishi. 
Javob: Hozirgi paytda turbinalarning qo‘yidagi turlari ishlab chiqariladi: kondensatsion turbinalar, bug‘ 
olinadigan issiqlik ta’minoti turbinalari, qarshi bosimli turbinalar. 
Kondensatsion turbinalar faqat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun muljallangan. 
Bug‘ olinadigan issiqlik ta’minoti turbinalari issiqlik va elektr energiyasini qurama usulida ishlab 
chiqarishga muljallangan; bu turbinalar kondensator va bir yoki ikki marta rostlanadigan bug‘ olish imkonini 
beradigan moslamalarga ega; bug‘ olinmagan hollarda ular kondensatsion turbinalar sifatida ishlashi mumkin. 
Rostlanadigan bug‘ olish deganda, bug‘ning bosimi berilgan qiymatda rostlab turiladigan bug‘ olishga 
tushuniladi. 
Qarshi bosimli turbinalarning kondensatorlari bo‘lmaydi, ularda ishlatilgan bug‘ning hammasi issiqlik 
iste’molchilariga yuboriladi. 
26. Savol: Quvurlardagi (Trubalar) gidravlik qarshilik. 
Javob: Quvurlar ichki yuzasi silliq bo‘lmaganligi uchun va suyuqliklar qovushqoq bo‘lganligi uchun
trubalarda gidravlik qarshilik yuzaga keladi. 
Gidravlik qarshilik xisobi gidravlikaning asosiy savollaridan biridir. Bu kattalikni aniqlash bu yo‘qotishlarni 
kompensatsiya qilishga zarur bulgan energiya sarfi xisobi bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga Bernulli 
tenglamasini real suyuqlik xarakatiga qo‘llashda yo‘qotish kattaligini bilish zarur bo‘ladi. 
Suyuqlikning kuch bilan kuvur (truba) o‘tkazgichlardagi xarakatida umumiy xolda ishqalanish qarshiligi va 
joyli qarshiliklar kuzatiladi. 
Ishqalanish qarshiligi deb suyuqlikning qo‘zgalmas devorga ishqalanishi natijasida naporning yo‘qolishiga 
aytiladi va u quvur (truba) kengligiga, hamda soniga bog‘liq bo‘ladi. 
Joyli qarshilik deb, oqim tezligining yoki yo‘nalishining o‘zgarishi natijasida naporning yo‘qolishiga aytiladi. 

Download 257.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling