1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Moddalarning suvda erishi haqida ma’lumot bering


Download 257.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana18.06.2023
Hajmi257.08 Kb.
#1588484
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
21. Moddalarning suvda erishi haqida ma’lumot bering 
Javob: Eruvchanlik – moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xususiyatidir. 
Suvda qattiq, suyuq va gaz xolatidagi moddalar erishi mumkin. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga ko‘ra 
uch gruppaga bo‘linadi: 1) yaxshi eriydigan,2) oz eriydigan va 3) deyarli erimaydigan moddalar. Ammo shuni 
qayd etib o‘tish kerakki, mutlaqo erimaydigan moda yuq. Agar suvga shisha yoki oltin yoki kumushdan 
yasalgan tayoqcha botirib qo‘yilsa ular suvda oz mikdorda bo‘lsada eriydi. Ma’lumki kumush yoki oltinning 
suvdagi eritmasi barcha mikroblarni o‘ldiradi. 
Eritmaning yoki erituvchining muayyan miqdorida bo‘ladigan erigan modda miqdori eritmaning 
konsentratsiyasi deyiladi. 
Eritmalar konsentratsiyasini aniq ifodalashning turli xil usullari: protsent (og‘irlik va xajmiy), molyar, normal 
va boshqa konsentratsiyalar bor. Og‘irlik protsent konsentratsiyasi 100 g eritmada erigan moddaning 
grammlar soni bilan ifodalanadi. Masalan sulfat kislotaning 10 % eritmasida 100 gr eritmada 10 gr kislota 
buladi yoki boshkacha aytganda 90 gr suvga 10 gr kislota tugri keladi. 
Molyar konsentratsiya yoki molyarlik 1 l eritmada erigan moddaning mollar sonini ko‘rsatadi. 1 litrida 1 mol 
erigan modda bor eritma molyar eritma deyiladi. Eritmaning molyarligi M xarfi bilan belgilanadi. Masalan 
1M(1molyarlik) N2SO4 bu sulfat kislotaning bir molyar eritmasidir.1l shunday eritmada 98 g N2SO4 buladi. 
Molyar konsentratsiyaning ulchov birligi mol/l bilan ifodalanadi. 
Normal konsentratsiya – bunda 1l eritmadagi moddaning gramm-ekvivalentlari soni bilan ifodalanadi. 1 litrda 
bir grammekvivalent erigan modda bor eritma normal eritma deyiladi. Normallik odatda n. xarfi bilan 
belgilanadi. Masalan 1n. N2SO4. Bu sulfat kislotaning meyor eritmasidir va 1 litr shunday eritmada 1 g-ekv, 
ya’ni 49 g N2SO4 bo‘ladi. 
22 Savol: Manometr deb nimaga aytiladi? 
Javob: Yopiq holatdagi idishlar, quvurlar, separatorlar ichidagi, nasoslar va komperessorlarning haydash 
liniyalaridagi bosimni aniqlovchi asbob. 
Monometr. 
- Har bir idish va har xil bosimli mustaqil bo‘shliqlar to‘g‘ri ta’sirli manometrlar bilan ta’minlangan 
bo‘lishlari kerak. Manometr, idishning shtutserida yoki idish va qulflovchi armatura orasidagi quvurda 
o‘rnatiladi. 
- Manometrlar quyidagidan kam bo‘lmagan aniqlik sinfiga ega bo‘lishi kerak: 2,5-idishning ishchi bosimi 2,5 
MPa (25 kgf/sm2)gacha, 1,5 – idishning ishchi bosimi 2,5 MPa (25 kgf/sm2)dan yuqori bo‘lganida. 
- Manometr shunday shkala bilan tanlanishi kerakki, ishchi bosimning chegara o‘lchami shkalaning ikkinchi 
uchdan bir qismida joylashsin. 
- Idish egasi tomonidan manometr shkalasida, idishda ishchi bosimni ko‘rsatuvchi qizil chiziq chizilgan 
bo‘lishi kerak. Qizil chiziq o‘rniga, qizil rangga bo‘yalgan va manometr oynasiga jips yopishgan metall 
plastinka manometr korpusiga biriktirishga ruxsat beriladi. 
- Manometr, xizmat ko‘rsatuvchi personalga ko‘rsatkichlari yaqqol (aniq) ko‘rinadigan joyga o‘rnatilishi 
kerak. 
- Manometr qobig‘ining nominal diametri, ularni kuzatish maydoni sathidan 2 metrgacha balandlikda 
o‘rnatilganda, 100 mm dan kam bo‘lmasligi, 2dan 3 metrgacha balandlikda – 160 mm dan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
Maydon sathidan 3 m dan yuqori balandlikda manometrlarni o‘rnatishga ruxsat berilmaydi, shuning uchun uni 
maxsus trubkalar bilan pastga tushirib “dublyor” manometr qo‘yish kerak. 
- Manometr va idish orasida uch xodli kran (jumrak) yoki manometrni nazorat manometr yordamida vaqti-
vaqti bilan tekshirishni imkon beruvchi, uning o‘rnini bosuvchi moslama o‘rnatilishi kerak. 
Idishda joylashgan manometrning ishlash sharoitlariga va muhit xususiyatlariga bog‘liq holda zaruriy 
vaziyatda, muhit va haroratning bevosita ta’siridan uni saqlovchi va uning ishonchli ishini ta’minlovchi sifonli 
trubka, yoki moyli bufer, yoki boshqa moslamalar bilan ta’minlanishi kerak. 
- 2,5 MPa (25 kgf/sm2)dan yuqori bosim ostida ishlaydigan yoki 250 oS dan yuqori muhit haroratidagilar, 
shuningdek portlash xavfi bor muhit bilan yoki GOST 12.1.007 bo‘yicha 1- va 2-sinf xavfliligi bilan zaharli 
moddalar bilan idishlarda uch xodli jumrak (kran) o‘rniga ikkinchi manometrni biriktirib ulash uchun 
berkituvchi organ bilan alohida shtutser o‘rnatishga ruxsat beriladi. 
Statsionar idishlarda, Qoidalarda belgilangan muddatda, manometrni idishdan olish yo‘li bilan tekshirish 
imkoniyati mavjud bo‘lganida uch xodli kran yoki uning o‘rnini bosuvchi moslamani o‘rnatish shart emas. 
Ko‘chma idishlarda uch xodli kran o‘rnatish zaruriyatini, idishning loyihasini ishlab chiqqan mutaxassis 
aniqlaydi. 


- Manometrlar va ularni idish bilan bog‘lovchi (biriktiruvchi) quvurlar, muzlashdan himoyalangan bo‘lishi 
kerak. 
- Manometrlar quyidagi holatlarda ishlatishga (foydalanishga) ruxsat berilmaydi, agarda: 
tekshirish o‘tkazilgani haqidagi belgi qo‘yilgan plomba (so‘rg‘ich) yoki tamg‘a (kleymo) yo‘q bo‘lsa; 
taqqoslash muddati o‘tib ketgan bo‘lsa; 
ushbu asbob uchun ruxsat berilgan xatolikning yarmidan oshgan kattalikda shkala ko‘rsatkichi o‘chirilganda 
nolga strelka qaytmasa; 
oyna singan yoki uning ko‘rsatkichlari to‘g‘riligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar mavjud 
bo‘lsa. 
- Plombalash (so‘rg‘ichlash) yoki tamg‘alash (kleymo) bilan manometrlarni taqqoslash, 12 oyda bir 
marotabadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, idish egasi tomonidan 6 oyda bir 
marotaba, nazorat jurnaliga natijalarni yozish bilan nazorat manometri yordamida ishchi manometrlarni 
qo‘shimcha taqqoslanishi kerak. Nazorat manometri bo‘lmaganida, taqqoslangan manometr bilan bir xil 
shkalaga va aniqlik sinfiga ega taqqoslangan ishchi manometr bilan qo‘shimcha taqqoslashni o‘tkazishga yo‘l 
qo‘yiladi. 
Idishdan foydalanish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan manometrlarni sozligini tekshirish 
tartibi va muddatlari, idish egasi – tashkilot rahbariyati tasdiqlagan idishlarni ishlash rejimi va xavfsiz xizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomada belgilanishi kerak. 

Download 257.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling