177-savol
To‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladigan usul berilgan javobni belgilang.
- Qayta o‘qishdan foydalanish.
- Ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlash.
- So‘z manolarini tushuntirish
- Xatolarni to‘g‘rilashning to‘g‘ri sistemasini ishlab chiqish.
178-savol
O‘zbek tilida nechta undosh tovush bor va ular nechta harf bilan ifodalanadi?
- 24 ta tovush, 23 ta harf
- 23 ta harf, 24 ta tovush
- 29 ta harf, 24 ta tovush
- 25 ta tovush , 25 ta harf
179-savol
Ongli o‘qishni taminlovchi metodik shartlarni aniqlang.
- Ongli o‘qish o‘quvchining hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik manosini, gapda so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga bog‘liq.
- Ongli o‘qish ifodali o‘qiy olishga bog‘liq.
- Ongli o‘qish asarning mazmuniga, g‘oyaviy yo‘nalishiga bog‘liq.
- Ongli o‘qish asarning badiiy vositalariga bog‘liq.
180-savol
Ichda o‘qishning afzalligi nimada?
- Matn asar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari takomillashadi.
- Bola estetik zavq oladi, ongli o‘qiydi.
- Matnni tez tushunadilar, bir vaqtning o‘zida butun sinf o‘quvchilari o‘qiydi.
- O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini aniqlaydi.
181-savol
«Tovushlar va harflar» mavzusini o‘rganishda qaysi metoddan foydalaniladi?
- Tahlil-tarkib metodidan
- Mustaqil ish metodidan.
- Til faktlarini kuzatish.
- Amaliy ish metodidan.
182-savol
Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yetakchi prinsipini toping.
- Tilning barcha tomonlarini uzaro bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
- Fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yetakchi prinsip.
- Grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
- Morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
Do'stlaringiz bilan baham: |