1 savol Замонавий маълумот узатиш тизимларининг роли ва аҳамияти
Download 2 Mb.
|
Mua yakuniy Nazariy
K askad kodlar. Real aloqa kanallari, ayniqsa ovoz chastotasidagi standart kanal asosidagi aloqa kanallari xatolarni guruxlash aloqa kanallari hisoblanadi, xatolar paketlari uzunligi o‘nlab ikkilik belgilaridan yuzlab ikkilik belgilarigacha chegarada bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari paketlar orasidagi himoya intervallarida tasodifiy xatolar mavjud. Bu strukturadagi xatolarni korreksiya qilish uchun shovqinbardosh kodlar talab qilinadi, bu esa juda katta uzunlikdagi kodlar ketma-ketligi va yuqori ortiqchalikdagi shovqinbardosh kodlardan foydalanish demakdir. Bunday kodlar dekodlash jarayonida yuqori murakkablikdagi amalga oshirish va katta axborot kechikishiga ega.Bu strukturadagi xatolarni korreksiya qilish uchun talab etilayotgan axborot uzatilishi ishonchliligini dekodlashda kodekni kam murakkablikda amalga oshirish va kechikishni ta’minlaydigan axborotni kodlash usuli yaratilgan.
67. Пакет хатоларини тўғирлаш учун аралаш усулидан фойдаланиш тамойиллари. Tashqi kod sifatida ko‘pincha paket xatoliklarini korrektlovchi Rid-Solomon kodlaridan foydalaniladi, ichki kodlar esa tasodifiy xatolarni korrektlovchi siklik xamda o‘rama kodlar bo‘lishi mumkin. Real aloqa sistemalarida ichki kod sifatida Viterbi dekodlash algoritmiga ega o‘rama kodlardan foydalaniladi. Axborotni kodlash va dekodlash quyidagi ko‘rinishda amalga oshadi: Tashqi koderda uzatilayotgan axborot paketli xatolarni korreksiyalashga mo‘ljallangan kod bilan kodlanadi. Asosan Rid-Solomonning ikkilik bo‘lmagan kodlaridan foydalaniladi. Keyin tashqi kodning kodli ketma-ketliklari ichki kod bilan kodlanadi.Ichki koderning chiqishida kaskad kodning kodli belgilari modulyatorning kirishiga tushadi va keyin aloqa kanaliga uzatiladi. Qabul qilish qismida avval ichki dekoderda, keyin esa tashqi dekoderda qayta ishlanadi. Ichki kodni korrektlash xususiyatini oshirish maqsadida ichki koderning chiqishiga kodli belgilarni joyi o‘zgartiriladi. Kodlar joyini o‘zgartirishning mohiyati kodlarni xar hil kodli so‘zlar bilan paketga kiruvchi, tasodifiy xatolarni to‘g‘irlovchi xatolarni bo‘lib-bo‘lib joylashtirishdan iborat. 69. Турбо кодлар. 70. Икки ўлчовли блокли турбо кодларни қуриш тамойили. 71. Турбо коднинг умумий тузилиш схемаси. Turbo-kod parallel kaskad – blokli tizim kodi bo‘lib, u raqamli ma’lumotlarni shovqinli aloqa kanalida uzatishda yuzaga keladigan xatolarni to‘g‘irlash imkonini beradi. Turbo kodning ma’nodoshi sifatida 1966 yilda D. Forni tomonidan taklif etilgan kodlash nazariyasiga ma’lum bo‘lgan atama kaskadli (angl. concatenated code) kod deb ataladi. Turbo-kod parallel kaskad bog‘langan tizim kodlaridan tashkil topgan. Bu tashkil etuvchilar kodning komponentalari deb ataladi. Kodning komponentalari sifatida: o‘ralgan kodlar; Xemming kodlari; Rid - Solomon kodlari; Bouza Choudxuri Xokvingem kodlari va boshqa kodlardan foydalaniladi. Turbo kodning tashkil etuvchisi (komponentasi) ga qarab ular o‘ralgan turbo (angl. Turbo Convolutional Codes, TSS) kodlar hamda blokli (angl. Turbo Product Codes, TPC) kodlarga bo‘linadi.Turbo-kod 1993 ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori samarali xatolarni to‘g‘irlovchi, shovqinbardosh kodlar sinfiga kiradi. Elektrotexnikada va raqamli aloqa kanalida, su’niy yo‘ldoshli aloqa soxalarida, shuningdek chegaralangan chastota satxida shovqinli aloqa kanali bo‘ylab yuqori tezlikda ma’lumot uzatish uchun zarur bo‘lgan soxalarda qo‘llaniladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling