1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Eslatma  Kesim mantiqiy urg‘u olganda gapdagi o‘rni o‘zgaradi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Eslatma 
Kesim mantiqiy urg‘u olganda gapdagi o‘rni o‘zgaradi. 
63.3-mashq. 
Matndagi gaplarning mantiqiy urg‘usini aniqlang. 
 
UZUM HAQIDA MASAL
Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi haqida Rumiyning 
shunday masali bor.
Turli tilda turlicha aytilgan bir so‘z ba’zan o‘zaro nizoga sabab bo‘ladi. Turk, 
arab, fors va yunon millatidan bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchiga bir saxiy odam tanga 
hadya etadi. Yo‘lovchilar o‘rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi. 
Forsiy tilda so‘zlovchi yo‘lovchi sheriklariga:
− Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur sotib olamiz, −deydi.
− Ey firibgar! − uning so‘zini bo‘ladi arab. − Men angur emas, eynab yeyishni 
xohlayman!
Turkiy yo‘lovchi esa ularning har ikkisiga e’tiroz bildirib, shunday deydi:
− Birodarlar, nega shovqin ko‘tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?
Yunonistonlik yo‘lovchi esa:
− Qanday odamsiz o‘zi. Kelinglar, stafil sotib olamiz-da, maza qilib yeymiz,− 
deydi.
Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida 
ular aynan bir narsani istashardi. To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-
birlarini rosa do‘pposlashdi. Agar ularning orasida bu tillarni biladigan odam 
bo‘lganda bir so‘z bilan nizoga chek qo‘yishi mumkin edi. 
(Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”) 
Savol va topshiriqlar 
1. Gap urg‘usi deb nimaga aytiladi? 


2. Gap urg‘usi qanday hosil qilinadi? 
3. Kesim urg‘usi qanday yo‘llar bilan hosil qilinadi? 
4. Gap urg‘usining qo‘llanishi nutq uslublarida farqlanadimi? Misol keltiring.
 
Uyga vazifa 
63.1-topshiriq. 
Gap bo‘laklarining odatdagi tartibiga “Matematika” 
darsligidan va o‘zgargan tartibiga “Adabiyot” darsligidan 2 tadan misol toping. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling