Bir sichqon uxlab yotgan sherning ustidan pildirab o‘ta boshladi. Sher
uyg‘onib ketib, sichqonni tutib oldi va uni yemoqchi bo‘ldi. “Sen, yaxshisi, meni
qo‘yib yubor, — deb yolvordi sichqon, — kezi kelganda men ham bu yaxshiliging
uchun seni falokatdan qutqaraman”.
Sher bu gapni eshitib, xaxolab kuldi va
sichqonni qo‘yib yubordi. Lekin oradan biroz vaqt o‘tgach sichqon, chindan ham,
sherga bergan so‘zining ustidan chiqdi — uni bir o‘limdan asrab qoldi. Gap
shundaki, sher ovchilar tuzog‘iga ilinib qolgan va ular sherni
arqon bilan daraxtga
bog‘lab qo‘yishgan edi. Sherning nola chekib o‘kirganini sichqon eshitib qoldi
va darhol
uning oldiga yugurib keldi-da, arqonni kemirib,
sherni tuzoqdan
ozod qildi. So‘ng dedi: “U kuni ustimdan kulgan eding — senga yaxshilik
qilishimga go‘yo ishonmaganday. Mana, endi
sichqon ham minnatdorlik
bildirishga qodir ekanligini bilib olding”.
Bu masal ba’zida eng qudratli, zabardast odamlar ham, taqdir taqozosi bilan,
eng zaif kishilar yordamiga muhtoj bo‘lishlari mumkinligini ko‘rsatadi.
70-71.8-topshiriq.
Matndagi asosiy fikrni aniqlang.
1. Ba’zida eng qudratli,
zabardast odamlar ham, taqdir taqozosi bilan, eng
zaif kishilar yordamiga muhtoj bo‘lishlari mumkin.
2. Dushmaning bitta bo`lsa ham, ko`p, Do`sting ming ta bo`lsa ham, oz.
3. Do`st kulfatda sinaladi.
70-71.1-mashq
. Berilgan diagramma mazmunini matnda ifodalang
.
0
10
20
30
40
50
60
70
80
Do'stlaringiz bilan baham: