1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


(M.Murodov. “Allomalar ibrati”)


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

(M.Murodov. “Allomalar ibrati”) 
67-68.2-topshiriq
. Matndan ikkinchi darajali bo`laklarni aniqlang. 
67-68.1-mashq
. Berilgan so`zlardan foydalanib, matndagi aniqlovchilarni 
sinonimlari bilan almashtiring. 
Foydalanish uchun so`zlar: istiqomat qilmoq, buyuk, muhtaram, o`zga, 
mashhur, qaror, farmon. 
67-68.3-topshiriq
Matnning umumiy xulosasini toping. 
1. 
Ulug`bek – fuqaroparvar sulton. 
2. 
Ilm va ma’rifat homiysining zakovati. 
3. 
Ali Qushchi – Ulug`bekning sevimli shogirdi. 
67-68.4-topshiriq
. Matnni o`qing va unga sarlavha tanlang.
Bir kuni Farobiydan so‘radilar:
− Kimning bilimi kuchliroq: senikimi yo Arastunikimi?
Farobiy shunday javob qaytardi:
− Men o‘sha zamonda yashab, u bilan uchrashganimda va uning qo‘lida tahsil 
olganimda edi, uning eng yaxshi shogirdlari safidan joy olgan bo‘lardim. 
67-68.5-topshiriq.
 Yuqorida berilgan matndan to`ldiruvchilarni aniqlang. 
67-68.2-mashq
. Berilgan hikmatli so`zlarni hol bilan kengaytiring. 
1. G`am-qayg`u ham, huzur-halovat ham aqldandir. Ulug‘vorlik va buzilish ham 
aqldandir.
2. 
Sen donishmandning mana bu so‘zlarini tinglaganmisan? U 
haqiqatsevarlarga shunday ta’lim beradi: “O`ylamasdan qadam bosib, xatoga yo‘l 
qo‘ygan kishi pushaymon bo‘ladi. U donolar 
nazdi
da ahmoqqa, yaqinlari nazdida 
begonaga aylanadi”. 3.
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. 
Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. 
Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi. 


(Abulqosim Firdavsiy) 
Savol va topshiriqlar 
1. Ulug`bekning sevimli shogirdi kim? 
2. Nega odamlar unga hasad qilishadi? 
3. Ulug`bek hasadgo`ylarga nisbatan qanday yo`l tutdi? 
4. Farobiyning javobiga qanday munosabat bildirasiz? 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling