Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi. Ovchilar uni ko‘rmay bog‘
yonidan o‘tib ketishdi. Shunda falokatdan qutuldim deb ko‘ngli
taskin topgan
bug‘u tok barglarini yeya boshladi. Lekin ovchilardan biri shu payt tasodifan
orqasiga o‘girilib, bug‘uni ko‘rib qoldi va kamonidan o‘q otib uni yaraladi.
Ajali
yetganini sezgan jonivor og‘ir bir nola chekib o‘ziga o‘zi dedi: “Eh qanday
sho‘rpeshonaman! Qilmishimga yarasha jazomni oldim: bu tok meni o‘limdan
qutqarib qolgan edi, men bo‘lsam uni nobud qildim”.
(“Ezop masallari”)
66.4-mashq.
Matnga muvofiq bo‘lgan fikrlarni toping.
1. Kishi o‘z yaqinlarining dilini og‘ritsa, xudoning qahriga uchraydi.
2. Ba’zi kishilar kichik bir xatardan o‘zlarini
olib qochib katta falokatga
ro‘para bo‘lganlarini sezmay qoladilar.
3. Masal deydiki, biron kimsaning makr-u hiylasiga uchrab pand yegan dono
odam, bir toshga ikki marta qoqilmaganidek,
boshqa hech qachon aldovga
uchmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: