1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Uyga vazifa
67.5-topshiriq
.
 
Matnni diqqat bilan o`qing.
HIKOYAT 
Ikki xurosoniy faqir bir-biri suhbatina mulozim bo`lur, sayohat qilur edilar. 
Biri zaif va biri qaviy edi. Zaif kunduz uruj tutar, kecha iftor etar, dag`i qaviysi 
kunda uch navbat yemak yer. Bir kun bularni bir shaharning eshikinda josus
deb tuhmat bilan tuttilar.
Ikkisini bir evga soldilar, dag`i eshikni mahkam bekitdilar. Bir jum’adan
so`ngra ma’lum qildilarkim, yozuqlari yo’q emish, kelib ko’rdilarkim, qaviysi
o`lmish, zaifi salomat qolmish. Taajjub qildilarkim, nechuk bo`ldi deb. Bir hakim
hozir edi. Aytti:
“Agar munung xilofi bo`lsa, ajab bo`lg`ay edi. Ul biri ko`p yer edi,
ochliqqa toqat keturmadi, o`ldi. Dag`i bu biri oz yer edi, odatincha sabr etib 
salomat qoldi”. 
(Sayfi Saroyi, “Guliston bit-turkiy”) 
67.6-topshiriq
. Matndagi ajratilgan o`zlashma so`zlarnining ma’nosini 
aniqlang va lug`at daftaringizga ko`chiring hamda yodlang: 1) kambag‘al, oddiy; 
bechorahol; 2) kuchli, baquvvat; 3) quloq soluvchi, xizmatkor; 4) ro`za,tiyilish; 5) 
tag‘in, yana; 6) gunoh, ayb, qilmish; 7) farq, tafovut. 
MUSTAHKAMLASH DARSLARI 
67-68-darslar 
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI YUZASIDAN TAHLIL 
 
67-68.1-topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o`qing. 
 
Ulug`bekning shogirdi 
Sulton Ulug`bekning Ali Qushchi degan shogirdi bor edi. Ulug`bek uni 
shunchalik yaxshi ko`rib, hurmat qilganki, bunga boshqalar hasad qilisharkan. 
Ulug`bek buni bilar, ammo o`zini bilmaganlikka solib yurar ekan. Bir kuni Ali 
Qushchi shahardan tashqarida yashovchi onasinikiga borib, kasalga chalinib 
qolibdi. Odamlar: “Kimsan dunyoga dong`i ketgan sulton shogirdini borib 


ko`rarmikan yo tuzalib kelishini kutarmikan, balki odam yubortirib bu yerga oldirib 
kelarmikan?” – deb quloqlarini ding qilib turishibdi. Shogirdining betobligini 
eshitgan Ulug`bek darhol buyuribdi: 
− Yo`l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin! Alini ko`rib, holidan xabar olib 
kelamiz. 
Shunda bosh vazir bilan 
shayxulislom:
− Oliy hazrat, sizday ulug` bir zotning tagi past bir shogird bolani ko`rgani 
uning kulbasiga borishingiz qanday bo`larkin? Yaxshisi, bu fikringizdan qayting, − 
deyishibdi. Bu gapni eshitib, Ulug`bekning jahli chiqibdi, lekin o`zini bosib debdi: 
− Ilm ahlini vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib, holidan xabar olish savobdir. Bu 
yumush har qanday sulton-u xonlarga ham qarz, ham farz bo`lmog`i darkor. Qani, 
tez bo`linglar, yo`ldan saroy tabibini ham olib, tolibi ilmsuyukli shogirdimni 
ko`rib, holidan xabar olib kelamiz, − debdi. 
Hukm qat’iyligini anglab, hamma yo`lga otlanibdi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling