1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

28.4-topshiriq.
 Berilgan gaplarning har biridagi alohida voqea yoki hodisani 
anglatuvchi qismlarning kesimlarini aniqlang. 
1.Kitob yaratuvchisi − muallif, uning taqdirini yaratuvchi esa jamiyat. (Viktor 
Gyugo) 2.O‘quvchilar o‘qiydi, uquvchilar uqadi. (Aleksandr Jukov) 3.Nasihat 
achchiq, mevasi esa totli. (Maqol) 4.Oz-ozdan o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra 
yig`ilib daryo bo`lur. (Maqol) 
Bilib oling. 
Bir xabarni ifodalovchi gap sodda gap hisoblanadi.
Birdan ortiq xabarni yaxlitlashtirib ifodalaydigan gap qo‘shma gapdir.
Sodda gapda shakllangan (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor belgisiga ega 
bo‘lgan) kesim bitta, qo‘shma gapda birdan ortiq bo‘ladi. 


Savol va topshiriqlar: 
1. Sodda gap deb qanday gapga aytiladi? 
2.Qo`shma gap nechta kesimdan iborat bo`ladi? 
3.Sodda va qo`shma gapning farqini ayting. 
4.Qo`shma gapni qanday qilib sodda gapga aylantirish mumkin? 
Uyga vazifa 
28.3-mashq.
 
Berilgan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirib, qo‘shma 
gaplarni esa sodda gaplarga ajratib ko‘ring. 
1.Nasrda tarjimon – qul, nazmda tarjimon – raqib. (Vasiliy Jukovskiy) 2.Vaqtni 
o‘ldirish uchun o‘qiydiganlarga hech qaysi asar uzun tuyulmaydi. (Djovanni 
Bokkachcho) 3. Kitob – aql qayrog`i. (Maqol) 4. Kitob ko`rmagan kalla – giyoh 
unmagan dala. (Maqol) 
28.5-topshiriq. 
Berilgan so‘zlarning yozilishini imlo lug‘atidan aniqlang, 
xatolarini tuzatib, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va yozilishini eslab qoling: juziy, 
jurat, kekaymoq, komedia, ko`k sulton, lahcha (…cho`g`), lovillamoq, lakamativ, 
mutoala, mubohasa. 
 
29-dars 
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling