nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida?kim bilan? nima
bilan? kabi so`roqlarga javob bo`luvchi ikkinchi darajali bo‘lakka
to‘ldiruvchi
deyiladi.
To‘ldiruvchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
ot:
Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi;
olmosh:
Mayli-da, kimgadir Yoqsa, yoqmasa, Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik. (M.Yusuf)
harakat nomi:
Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
Otlashganda:
sifat:
Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas;
son:
Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi;
sifatdosh:
Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi;
taqlid so’z:
Taqir-tuquringni yig’ishtir;
undov so’z:
Ohimni eshitmadi;
modal so’z:
Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.
To’ldiruvchi birikma holida bo‘lishi mumkin:
Men uning
go‘zal siymosida
qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim.
Erkin birikma bilan ifodalangan to‘ldiruvchi murakkab to‘ldiruvchi
sanaladi.
To‘ldiruvchi gap mazmunini to‘ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi.
54.2-topshiriq.
To‘ldiruvchilarni ikki guruhga ajratib, jadvalga tushiring:
Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: