1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

Uyga vazifa 
56.3-mashq.
Fikrlarni muhokama qilib, munosabatingizni bildiring va 
xulosangizni yozma bayon eting. 
Buzurgmehr zindonda yotganda do`stlari undan:
− Shunday qora kunga tushganingda o`zingga qanday tasalli berasan? – deya 
so`rashibdi. 
− To`rt hikmatli so`zni qayta-qayta takrorlayapman, − debdi u. – Birinchisi – 
bularning hammasi peshonamda bor ekan, ko`ryapman, demak, taqdirdan qochib 
qutulib bo`lmaydi. Ikkinchisi – bu kulfat ming og`ir bo`lsa ham, chidamasdan, sabr 
qilmasdan ilojim yo`q. Uchinchisi – bu hali holva, bundan og`irroq kunga ham 
tushish mumkin. To`rtinchisi, ehtimol – bu ahvoldan bugun-erta qutulaman, balki 
allaqachon qutulgan hamdirman-u, ammo o`zim bexabardirman. 
(“Ibratli hikmatlar”) 
 
57-dars 
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 
 
SO‘Z MAVJLANGANDA 
 
57.1-topshiriq.
 Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing. 
Xoja Fazlulloh Abullaysiy − Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays 
avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib 
kaffasida tutarlar erdi. Sayid Sharifning shogirdi erdi va Sayid o‘z xatlari bila ulum
dars ayturg‘a ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida 
sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, “farzand” der erdilar.
Bovujudkim, Samarqandning a’lami ulamosi erdi, she’r va muammog‘a dag‘i 
moyil erdi. Bu matla’ alarningdurkim:
Qadi chun sarvi tu jon ast maro, balki ravon,
So‘yam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon.
Xoja Samarqandda tangri taolo rahmatig‘a bordi va o‘z xonaqohida 
jaddining gunbazida madfundur. 
(“Majolis un-nafois”) 


57.1-mashq. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling