1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

qaratqich aniqlovchi deyiladi. Qaratqich aniqlovchi ot, olmosh, harakat nomi va 
otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning kabi 
so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Oyimlarning aytishicha, keyinchalik dadamlar 
ham bu qilmishidan pushaymon bo‘lganlar. (O.Yoqubov) U hozir hammaning 
kallasini g’ovlatgan shum xabarni hech o’ylamayapti... (A.Muxtor)
 
56.1-mashq. 
Yuqorida berilgan nazariy ma’lumotlarni jadval shaklida 
ifodalang va taqdimot qilishga tayyorlaning.
 
56.2-mashq.
Berilgan aniqlovchili gaplarni aniqlovchisiz, aniqlovchisiz 
gaplarni aniqlovchili gaplarga aylantiring. Vujudga kelgan farqlarni tushuntiring. 
 
1.
Hech narsa uzoq vaqt davomida jismoniy harakat qilmaslikdek kishi 
madorini quritmaydi va uni mahv etmaydi. (Arastu)
2.Hayot g‘ayratli mehnat 
tufayli jonli va go‘zaldir, u og‘ir yuk bo‘lmay, balki qanot, ijod va quvonchdir, agar 
kimdakim uni og‘ir yukka aylantirsa, bunga uning o‘zi aybdor. (V.Veresayev) 3.
Hamma uchun baxt − hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi. (G.Ibsen) 4.
To‘g‘ri 
yashash ishlash demakdir. Mashina bekor turib qolsa, uni zang bosadi. (J.Favr) 5. 
Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyib turadi. (J.Vellers) 6. Hayot doimiy mehnatdan 
iborat. Unga shu nuqtayi nazardan qaragan odamgina hayotni insonchasiga to‘la 
tushunadi. (D.Pisarev)
56.3-topshiriq. 
Irg`ay, isliqi (iflos), g`alamis, abjir, mushtoq, dilpazir
so‘zlarini 
aniqlovchi sifatida qo‘llab, 
gaplar tuzing.
 
Savol va topshiriqlar 
1.Aniqlovchi deb nimaga aytiladi? 
2. Aniqlovchining qanday turlari bor? 
3.Aniqlovchi qaysi jihati bilan holga uyg‘un va undan farqlanadi? 
4.Aniqlovchi qaysi xususiyatiga ko‘ra to‘ldiruvchiga o‘xshash va undan 
farqlanadi? 


5.Quyidagi gaplarda aniqlovchilar orasiga vergul qo‘yish mumkinmi? 
Tushuntirib bering. 
1.Dunyoda harakatsizlikdan ham ortiqroq halokatli toqat qilib bo‘lmaydigan 
narsa yo‘q. (A.Gertsen) 2. Mehnat − barcha xastaliklardan xalos etuvchi 
shifobaxsh malham. (N.Ostrovskiy) 3.
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori − mehnat. 
(A.Frans) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling