1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


ishrat umidi keldi g`amginlik aro. (A.Navoiy) 4.Tikansiz


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

ishrat umidi keldi g`amginlik aro. (A.Navoiy) 4.Tikansiz gul, sadafsiz dur, 
mashaqqatsiz hunar bo`lmas. (Mashrab) 5. Kissayi purzar emish elga hunar
Behunar elni derlar: rishi xar. (Gulxaniy) 6. Qaysi ilm va hunar kishining aqliga, 
ruhiga tarbiya berar ekan, unday ilm va hunar o`z egasini har doim qo`llab-
quvvatlaydi. (A.Donish) 
Bilib oling.


Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini 
bildirib, gapning ot bilan ifodalangan bo‘lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali 
bo‘lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi, nechanchi, qancha, nechta, 
kimning, nimaning, qayerning so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Aniqlovchi 
aniqlagan (bog‘langan) bo‘lak aniqlanmish hisoblanadi. 
Aniqlovchi gapning bаrcha bo‘laklarini aniqlashtirib kelishi mumkin.
Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holga bog‘lanadi: Bahay-
bat samolyot (ega) yerga ohista qo‘ndi. Salimjon — a’lochi o‘quvchi (ot kesim). 
Ilg‘or ishchilarga (to‘ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan 
yangi bog‘da (hol) uchrashdik. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishlariga 
havasing keladi. 
56.2-topshiriq. 
Aniqlovchilarni aniqlab, uch guruhga ajrating va jadvalga 
tushiring: 
Qarashlilik ma’nosini 
ifodalovchi aniqlovchi 
Belgi-xususiyat ma’nosini 
ifodalovchi aniqlovchi 
Shaxs yoki narsani 
boshqa tomondan 
nomlovchi 
 
 
 
1. Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, O`zingga sen hunardin 
o`zgani ota bilma. (A.Jomiy) 2. Kamol ahli aro, albatta, topg`ay izzati oliy, Har 
qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos. (Ogahiy) 3. Har bir hunarg`a bordur 
mushkul base mashaqqat, Beranj muft davlat bor elga nogahonda. (Nodim) 4. 
Hojatmand kishini noumid qaytarma. (Luqmoni Hakim) 5. Agar yerga topshirsang 
bir arpa dona, O`rim vaqti berar biri yuz dona. (A.Jomiy) 6.Rayimbek dodxoh 
qilich yalanglab, sipohlar oldida olomong‘a qarab yugurdi. Biroq uning bu g‘ayrati 
o‘zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo‘minjon ismlik bir miltiq ustasining 
otqan o‘qi bilan ko‘kragidan yaralanib yiqildi. (A.Qodiriy) 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling