Uyga vazifa
55.4-topshiriq.
Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug`atayn” asari
matnidan parcha yod oling.
55.5-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qing.
TULKI VA DARAXT KESUVCHI
Ovchilar ta’qibidan qochib kelayotgan Tulki o‘rmonda bir daraxt
kesuvchiga ro‘para keladi va unga: “Meni yashir”, − deb iltijo qiladi. Daraxt
kesuvchi unga: “Bor, kulbamga kirib berkina qol”, − deydi. Birozdan so‘ng bu
yerga ovchilar yetib kelishadi va daraxt kesuvchidan: “Ko‘rmadingmi, shu yerdan
bir Tulki yugurib o‘tmadimi?”− deb so‘raydilar. Daraxt kesuvchi baland ovoz
bilan: “Ko‘rmadim”,− deb aytadi, ammo ayni paytda Tulkining qayerga
berkinganini qo‘li bilan ko‘rsata boshlaydi. Lekin ovchilar uning ishorasini
tushunishmaydi; qisqasi, ovchilar uning gapiga ishonishib, jo‘nab ketishadi.
Nihoyat, Tulki ovchilarning ot choptirib ketishganini eshitib kulbadan chiqadi
va churq etmay keta boshlaydi. Bu holni ko‘rgan daraxt kesuvchi unga: “Hoy,
noshukur jonzot, axir, men seni o‘limdan qutqarib qoldim-ku! Sen bo‘lsang
menga rahmat ham aytmay, juftakni rostlab qolyapsan-a?”− deb malomat
qiladi. Unga javoban Tulki deydi: “Agar aytgan so‘zing bilan imo-ishorang bir-
biriga mos bo‘lganida rahmat aytardim”.
(“Ezop masallari”)
55.5-topshiriq.
Matndan olgan xulosangizni 2-3 jumlada yozma ifodalang.
56-dars
ANIQLOVCHI VA UNING TURLARI
56.1-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday
so‘roqqa javob bo‘lishini, qanday bo‘lakka tobelanayotganini va qaysi so‘z
turkumiga mansubligini aniqlang.
1. Hunari va odobi bo`lmagan kishidan baxt va davlat ketadi. (Mahmud
Qoshg`аriy) 2.Hunar bilan davlat birikishi barcha nodir narsalardan ham
qimmatliroqdir. (Ahmad Yugnakiy) 3.Kasb ayla nishot mehnat oyinlik aro, Kim
Do'stlaringiz bilan baham: |