58.1-mashq.
Matnda tasvirlangan hodisaning sabablarini yozma bayon
qiling.
58.2-mashq.
Matnda ishora qilinayotgan shaxslarning xatti-harakati asosida
ichki qiyofasini yozma tasvirlang.
58.3-mashq.
Matnga yana bir nechta sarlavha toping.
Savol va topshiriqlar
1. Masalda qaysi jonivorlar ishtirok etdi?
2. Zаg`chaning taqdiri nima kechdi?
3. Nega uni jamoaga qo`shishmadi?
4. Zаg`cha hayotimizdagi qanday kishilar ramzi bo`lib kelgan?
Uyga vazifa
58.2-topshiriq.
Matnni diqqat bilan o`qing.
TOVUSNING GO‘ZALLIGI O‘ZIGA DUSHMAN
Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni
yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi:
− Ey go‘zal qush... Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni
yulib tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu
patlaringdan yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen
esa nima qilyapsan?
Tovus javob berdi:
− To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli
meni ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. Jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim
kerak.
(Jaloliddin Rumiy, “Masnaviy”)
58.3-topshiriq.
Tovus hayotda qanday odamlar timsoli deb o`ylaysiz?
Tovusning javobini qanday baholaysiz? Uning xatti-harakatlarini haqidagi
fikringizni yozma bayon qiling.
59-60-darslar
GAP BO‘LAKLARI TARTIBI
59-60.1-mashq.
Berilgan gaplardagi gap bo‘laklarining o‘rnini aniqlab,
quyidagi jadvalni to‘ldiring:
Kesimga
Egaga
Holga
To‘ldiruvchiga
Aniqlovchiga
tobelangan
tobelangan
tobelangan
tobelangan
tobelangan
Do'stlaringiz bilan baham: |