1.Eshit ota-onang nasihatin, jerkib qaytarma, Narsalaring ko`payib yana
quturib kerilma. (Mahmud Koshg`ariy) 2. Otangni, onangni sevintir tamom, Bu
xizmat yetkurgay tilakka mudom. (Ahmad Yugnakiy) 3. Sen otangga har na qilding
yaxshilik, Kut bolangdan yaxshilikka yaxshilik. (Ahmad Donish) 4. Ista ato yo`lida
jon fido qilmoq, Qulluq anog`a ham ulcha imkon qilmoq. (Alisher Navoiy) 5. Atog`a
kim bu yanglig` qilsa xizmat, O`z o`g`lindin aningtek tobg`ay izzat. (Qutb
Xorazmiy)
59-60.2-mashq.
Berilgan gaplardagi gap bo‘laklarining odatdagi tartibini
o‘zgartirib, nechta gap bo‘lagi bo‘lsa, shuncha miqdordagi gap tuzing.
1. Oila farzandlardan boshlanadi. (A.Gersen) 2. Bolalar − jamiyatning
hayotbaxsh kuchi. Ularsiz jamiyat jonsiz va sovuq ko‘rinadi. (A.Makarenko) 3.
Dunyoda go‘dakning tilidan ko‘ra tantanaliroq gimn yo‘q. (V.Gyugo) 4.
Bolalar
mehnatga shodlik bag‘ishlaydilar, уning sharofati bilan hayot yanada shirin
boladi. (F.Bekon)
59-60.3-mashq.
Berilgan gaplardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartib
bo‘yicha joylashtiring.
1. Hammadan balanddir ona mansabi. (Abdurahmon Jomiy) 2. Boshni fido
ayla ato boshig`a, Jismni qil sadqa ano qoshig`a. (Alisher Navoiy) 3. Odamning
mevasi farzand emish derlar bu dunyoda. (Sayyodiy) 4. Farzand mehri aritar g`am
zangini ko`nguldin. (Nodira)
Bilib oling.
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin. Odatda,
gapda ega va unga bog‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan
bo‘laklar keyin joylashadi, ba’zan aksincha ham bo‘ladi: Bu yo‘llar menga
tanish. — Menga tanish bu yo‘llar.
Eganing ko‘proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida (Men
Do'stlaringiz bilan baham: |