52-53.4-mashq.
Matndagi hol vazifasida kelgan so‘zlarni ma’nodoshlari
bilan almashtirish mashqini bajaring. Bunda quyidagi so‘zlar qatoridan
foydalaning: tinimsiz, chora izlamoq, tezda, ko`p o`tmay.
52-53.5-mashq.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotidan
ko`chma
ma’noli so‘zlarga
misollar toping.
52-53.3-topshiriq.
Quyidagi to‘rtliklarda qanday majoziy ma’noli so‘zlar
borligini aniqlang.
Dunyo binokori tuzar qasr-ayvon,
Tuzib bo`ladi-yu, qiladi vayron.
Falakka yetkazib bugun toqini,
Ertaga etadi yer bilan yakson.
Ko`zgumga berardim
kechqurun sayqal,
Boqdim unga tiniq bo`lgan bir mahal.
Shuncha ko`p ko`rindi o`z aybimki, men
O`zgalar aybini unutdim tugal.
(Pahlavon Mahmud)
Uyga vazifa
52-53.4-topshiriq.
Mumtoz adabiyotdan majoziy mazmundagi she’rdan
namuna topib, yod oling. She’rning mazmunini tushuntirib bering.
54-dars
TO‘LDIRUVCHI
54.1-topshiriq.
Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining so‘rog‘ini,
qanday bo‘lakka tobelanayotganini va qaysi so‘z turkumiga mansubligini
aniqlang.
1. Arzimagan va befoyda
narsalarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash
dono
odam uchun nihoyatda og‘irdir va bu
uni mislsiz tashvishga soladi. (Aflotun)
2.
Modomiki,
vaqt eng qimmatbaho mulk ekan, unda
vaqtni talon-toroj
qilish eng
og‘ir gunohdir. (B.Franklin) 3.
Inson boshiga tushishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir
yo‘qotish
vaqtni boy berishdir. (Teofrast) 4. Odam tabiatan qiziq yaratilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: