1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


aniqlang. Ularni tushirib qoldirib, gaplarni ko‘chiring. Tushirib qoldirish


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/146
Sana18.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680389
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146
Bog'liq
Darslik 8-sinf ona tili yangi

aniqlang. Ularni tushirib qoldirib, gaplarni ko‘chiring. Tushirib qoldirish 
sabablarini tushuntiring.
1. Behuda urinsang, poyoni bo`lmas,
O`ylanib qilsang, ziyoni bo`lmas. 
2.Tuya mingan uzoqni ko`zlar,
Eshak mingan yaqinni ko`zlar. 
2. Qizni beshikka sol,
Sepini sandiqqa sol. 
3. Har ishning chamasi bor,
Har daryoning kemasi bor. (“O`zbek xalq maqollari”) 
Savol va topshiriqlar 
1.Qanday gap to‘liq gap deyiladi? 
2.To‘liqsiz gapni ta’riflang. 
3.Тo‘liqsiz gaplar muallif(so‘zlovchi)ning qanday maqsadini namoyon qiladi? 
4.To‘liqsiz gapning tinglovchi (o‘quvchi) ga ta’siri qanday bo‘ladi? 
5.To‘liqsiz gap inson tabiatidagi qanday xususiyat bilan bog‘liq?
Uyga vazifa 
66.3-mashq. 
Masalni o`qing. 
 
BUG‘U VA UZUMZOR 


Bir bug‘u ovchilardan qochib uzumzorga yashirindi. Ovchilar uni ko‘rmay bog‘ 
yonidan o‘tib ketishdi. Shunda falokatdan qutuldim deb ko‘ngli taskin topgan 
bug‘u tok barglarini yeya boshladi. Lekin ovchilardan biri shu payt tasodifan 
orqasiga o‘girilib, bug‘uni ko‘rib qoldi va kamonidan o‘q otib uni yaraladi. Ajali
yetganini sezgan jonivor og‘ir bir nola chekib o‘ziga o‘zi dedi: “Eh qanday 
sho‘rpeshonaman! Qilmishimga yarasha jazomni oldim: bu tok meni o‘limdan 
qutqarib qolgan edi, men bo‘lsam uni nobud qildim”.
(“Ezop masallari”) 
66.4-mashq. 
Matnga muvofiq bo‘lgan fikrlarni toping. 
1. Kishi o‘z yaqinlarining dilini og‘ritsa, xudoning qahriga uchraydi. 
2. Ba’zi kishilar kichik bir xatardan o‘zlarini olib qochib katta falokatga 
ro‘para bo‘lganlarini sezmay qoladilar. 
3. Masal deydiki, biron kimsaning makr-u hiylasiga uchrab pand yegan dono 
odam, bir toshga ikki marta qoqilmaganidek, boshqa hech qachon aldovga 
uchmaydi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling