110
2.9. O‘quv partiyalari
Chiroyli shaxmat o‘ynash uchun ko‘p o‘rganish zarur. Siz
sipohlarni terdingiz, o‘yinni boshlamoqchisiz.
Partiyani qanday
boshlagan ma’qul?
Birinchi navbatda, shaxmat o‘yini
maqsadini
esga olish kerak. Raqib shohiga hujum uyushtirish va uni mot qilish
– asosiy maqsad. Hujumni esa faqat jangga
kiritilgan piyodalar va
sipohlar amalga oshiradi. Har bir yurish mazmunga ega bo‘lishi
kerak. Keling, chiroyli bir partiyani birgalikda ko‘rib
chiqamiz,
unda sodir bo‘layotgan hodisalarni tushunishga harakat qilamiz.
1-
o‘quv partiyasi
1. e2–e4 e7–e5
Oqlar va qoralarning birinchi yurishlari o‘yin boshlanishidagi
eng to‘g‘ri yurishlardan hisoblanadi. Piyodalar markazni egallaydi.
Fillar va farzinga yo‘l ochiladi.
2.
Og1–f3
Oqlar otini jangga olib chiqdi. Raqib piyodasiga hujum qilib,
to‘g‘ri yurishni amalga oshirdi.
2. Ob8–s6
Qoralar ham o‘z otini o‘yinga
olib chiqib,
hujumda qolgan
piyodasini himoya qildi.
3.
Ff1–s4
Oqlar yana bir yengil sipohini o‘yinga olib chiqib, rokirovka
qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
3. Os6–d4
Tuzoq yurish. Qoralar markazdagi piyodasini atayin tekinga
berib, o‘yinga chiqqan oti bilan
debyutdayoq ikkinchi marta
yurmoqda. Oqlar hushyor bo‘lishi kerak.
4. Of3 : e5 ?
Javob ham xato. Oqlar ham piyoda qurbonini qabul qilmoqda.
Axir u markaziy piyoda va juda “shirin”. Uning o‘rniga, 4. Od4
urib, so‘ngra 5. 0–0 yurishi yaxshi edi.
111
4. Fzd8–g5 !
Qoralar yana betakror yurish qildi.
Ular farzini bilan raqib
otiga hujum qilib, ikkinchi piyodasini ham qurbon qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: