1. шахмат pra indd


 Kombinatsiya va ularning yuzaga kelishi


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

2.8. Kombinatsiya va ularning yuzaga kelishi 
Avvalo, shaxmat kombinatsiyasi va u nimaligini yaxshi 
tushunib olish kerak. Lekin kombinatsiyani sodda bir narsa yoki 
atama deb tushunish noto‘g‘ri. 
Shaxmat kombinatsiyasi haqida shaxmat nazariyotchilari juda 
ko‘p fikr va g‘oyalarini aytganlar. Keyingi yillarda shaxmat 
adabiyotlari va jurnallarida ham kombinatsiya to‘g‘risida ko‘p 
maqolalar bosildi. Biroq, hozirgacha shaxmat kombinatsiyasi 


102 
xususida yagona bir fikrga kelingani yo‘q. 
Shaxmat kombinatsiyasini to‘g‘ri tushunish va “hazm 
qilish” uchun amaliy o‘yinlarda uchraydigan bir necha 
misollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
Donalarni qurbon qilish bilan bog‘liq majburiy yurish yoki 
yurishlar – kombinatsiya deb ataladi. Majburiy yurish yoki 
to‘g‘ri kombinatsiya shaxmatchining miyasida paydo bo‘ladi. 
Ammo ularning taxtada amalga oshirilishi u yoki bu shaxmatchi 
tomonidan o‘ylab topilmay, balki taxtada vujudga kelgan 
vaziyat xususiyatiga bog‘liqdir. 
Majburiy yurish yoki kombinatsiya qilish mumkinligidan 
darak beruvchi xususiyat – imkon (motiv) deb ataladi. Motivlar 
shaxmatchining asosiy e’tibori nimaga qaratilishi lozimligini 
“aytib beradi”. Ba’zan motivlar o‘zining salmoqsizligi tufayli 
majburiy yurish yoki kombinatsiya qilish uchun yetarli 
bo‘lmaydi, boshqa hollarda ular salmoqli bo‘ladi va asosiy 
zarbani qaysi tomonga yo‘naltirishni ko‘rsatib beradi. 
Shaxmatchi ustunlik beruvchi aniq yo‘lni topishi kerak. 
Bu yo‘l qurbon berish bilan boshlanadigan har qanday 
kombinatsiyalarda ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Qurbon 
berish yordamida ma’lum bir maqsad amalga oshiriladi. Ana 
shu maqsad – kombinatsiyaning g‘oyasi deyiladi. 
O‘ynovchi kombinatsiya qilganda muhim kamchiliklardan 
tashqari 
ko‘zga 
“ilinmaydigan” kamchiliklardan ham 
foydalanishi kerak. Kombinatsiyaning ikkinchi bosqichida 
qurbon berish yo‘li bilan yangidan yaratilgan motivlar amalga 
oshiriladi. Yangi motivlarni amalga oshiruvchi so‘nggi yurish 
– yakunlovchi zarba deyiladi. 
Kombinatsiyani shaxmat taxtasida ro‘y beradigan o‘ziga 


103 
xos “portlash” desa bo‘ladi. Portlash paytida odatdagi hisob va 
tushunchalar 
o‘z 
ahamiyatini 
birmuncha 
yo‘qotadi. 
Kombinatsiya tugagandan keyingina odatdagi hisob va 
taxminlar o‘z kuchiga kiradi. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling