1. шахмат pra indd


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

2. 
Kontrgambit – oqlarning gambitiga qoralarning gambit 
bilan javob berishi. Masalan: Folkbeer kontrgambiti, Albin 
kontrgambiti va hokazo. 
3. 
Seytnot – o‘ylash uchun vaqtning kamligi (yetishmasligi). 
4. 
Sugsvang – o‘ynovchi o‘zi uchun noqulaylik tug‘diruvchi 
yurish qilishga majbur bo‘lgan vaziyat. 
5. 
Sur’at (temp) – shaxmatdagi vaqt birligi. 
6. 
Masala – ma’lum miqdordagi yurishlar (2–3 va hokazo) 
ichida oqlar yoki qoralar mot qiladigan sun’iy vaziyat. 
7. 
Etyud – tomonlardan biri (odatda oqlar) yagona yurishlar 
yordamida o‘yinni yutuqqa yoki durangga olib borishi mumkin 
bo‘lgan sun’iy vaziyat. 
Tavsifdan ko‘rinib turibdiki, masala yechish shaxmatchining 
o‘yinni ko‘rish qobiliyatini, yutuqqa olib boradigan qisqa yo‘llar 
hamda mot qilish usullarini tezda topa bilishda katta yordam beradi. 
Shaxmatchida bu kabi qobiliyatning bo‘lishi, ayniqsa 
musobaqalarda asqotadi. Chunki o‘yin vaqti chegaralangan, ya’ni 
soat qo‘yiladi. Vaqti kam qolgan tomon esa qisqa vaqt ichida 
yutuqqa erishishi qiyin. 


126 
Ustunlik bo‘la turib ham vaqti tugaganligi sababli o‘yinni 
yutqazib qo‘yish mumkin. Masala yechish bilan ko‘proq 
shug‘ullangan shaxmatchi bunday vaziyatlardan oson chiqib 
ketadi. 
Masala yechish o‘yinni tez ko‘ra olish qobiliyatini ham 
o‘stiradi. Etyudda esa masaladan farqli o‘laroq taxtada yuzaga 
kelgan vaziyatni birgina yurish bilan o‘zgartirib yuborish mumkin. 
Aytaylik, vaziyat oqlar uchun og‘ir. Ular shunday bir yurish 
qiladiki, o‘yin durangga yoki yutuqqa aylanishi mumkin. 
Shuning uchun ham o‘ynovchi raqib tomonidan kutilmagan 
yurishlar, imkoniyatlar borligini, istagan paytda bir yurish bilan 
o‘yin taqdirini hal qilishi mumkinligini nazardan qochirmasligi 
lozim. 
Etyudlarni yechish shaxmatchini qiyin vaziyatlardan chiqib 
ketishga o‘rgatadi. Har ikkala holat ham kombinatsion o‘yin 
namoyish etishga undaydi. O‘yin davomida qo‘llaniladigan 
kombinatsiyalar maftunkor va go‘zaldir. 
Shaxmatga doir etyud va masalalarni yechish o‘yinchining 
o‘yin darajasi yuksalishiga yordam beradi. Shu bilan birga, o‘yin 
paytida taxtadagi yurishlarni xayolan sanab, keyingi vaziyat 
qanday bo‘lishini oldindan ko‘rishga o‘rgatadi. Bu esa shaxmat 
o‘yinidagi eng murakkab jarayondir! 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling