120
52- rasm
Oqlar raqibining fikrini payqab qoldi va tuzoq qo‘yishga qaror
qildi.
9.
Fzd1–d2 Fzd8–d7
10.
Fg5 : f6 Fg4 : f3
Hozir takrorlashdan voz kechishga kech bo‘ldi, agar 10. g:f
yurilsa, unda 10. Of6
+ va qoralar farzinsiz qolardi.
11. Od5–e7 +
Shoh! Shaxmatda takrorlash mumkin bo‘lmagan holat. O‘yin
qoidasi bo‘yicha shohni himoya qilish zarur.
11. ... SHg8–h8
Endi 12. g:f
yurishi xato, chunki 12. Of3 dan keyin endi
oqlar farzinsiz qoladi. Oq sipohlar hujumga shay turibdi. Demak,
o‘yinni chiroyli kombinatsiya bilan tugatish imkoniyati mavjud.
12. Ff6 : g7+ ! SHh8 : g7
13.
Fzd2–g5+ SHg7–h8
14.
Fzg5–f6 x
121
53- rasm
Raqib yurishlarini ko‘r-ko‘rona takrorlash mumkin emas.
2.10. Piyodalar joylashuvi
Partiya boshlanishida bo‘lajak jang uchun ikkala raqib ham
kuchlarni yaxshi joylashtirishga intiladi. Masalani muvaffaqiyatli
bajarish uchun piyodalarni to‘g‘ri joylashtirish zarur.
Piyoda
shaxmat qo‘shinida kuchsiz dona bo‘lsa ham unga katta vazifa
yuklatiladi. Piyodalar hujumda ham, himoyalanishda ham muhim
vazifani bajaradi.
Agarda piyoda biror xonaga hujum qilgan bo‘lsa, bu xonada
turadigan raqib sipohi yo‘q qilinadi. Aynan piyoda muhim
xonalarni qo‘riqlaydi. Piyodalar oldinga
harakatlanganda raqib
sipohlari kirib kelishi mumkin bo‘lgan xonalar ochiladi, eng
xavflisi piyodalar surilganida shohning oldi ochilib,
zaiflashib
qoladi. Boshqa tomondan, piyodalarni oldinga harakatlantirib,
raqib sipohlarini siqib chiqarish oson bo‘ladi.
Piyodalarning joylashuvi ko‘pincha,
sipohlar holatini va
o‘yinni davom ettirish rejasini belgilab beradi. Misol uchun,
piyodalar markazi partiyada muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Piyodalar xonalarni egallab turishi uchun yetarlicha oldinga
surilgan bo‘lishi kerak. Ular harakatchan bo‘lishi, ya’ni
sipohlar
bilan to‘sib qo‘yilmagan bo‘lishlari kerak.
122
Qoralar piyodalari va sipohlarining to‘g‘ri joylashuviga misol.
54-rasm
Piyodalarning vazifasi sipohlarni joylashtirish uchun yo‘l
ochishdir. Piyodalarning himoyasida sipohlar jangga chiqishlari
uchun qulay qilib joylashtiriladi. Sipohlarning joylashtirilishiga
qarab piyodalarni yurish tartibi mavjud.
Sipohlardan
farqli ravishda, piyodalar hech qachon orqaga
yura olmasliklari va shuning natijasida vujudga kelgan zaifliklar
ko‘pincha partiya oxirigacha qolishini esda saqlash zarur.
2-vaziyatda oqlar bir otini ikki piyodaga qurbon bergan, lekin
kuchli piyodalar markazini egallagan.
Sipohlar hujumga yaxshi
safarbar qilinganligi bir necha yurishda o‘yinni yakunlashga imkon
beradi.
55-rasm