69
2.2.1. Donalarning yurishi
Endi donalarning yurish qoidasi bilan tanishamiz.
Taxtada harakatlanuvchi donalar turlicha kuchga ega.
Shoh
Shoh – eng bebaho va bosh sipoh hisoblanadi.
Yozuvda
qisqacha Sh harfi bilan belgilanadi.
Aytaylik, shoh markazda d4 xonasida joylashgan bo‘lsin (13-
rasm). U holda – Shd4 tarzida yozamiz.
Endi uning harakat
doirasini ko‘rib chiqaylik.
Shoh faqat bir xona yura oladi.
13- rasm
Shoh himoyasiz raqib donasini yutib olishi mumkin.
Yutib
olingan sipoh o‘yinda qayta ishtirok etmaydi. “Kisht be- rish” –
raqib donasining shohga hujumidir.
Ikki shoh bir- biriga yonma-
yon turishi mumkin emas.
“Mot” – bu kisht berilganda shohning yurish imkoniyatlari to‘la
cheklangan holatidir. Shoh yura olmasa “mot” bo‘ladi. Demak, o‘yin
nihoyasiga yetgan hisoblanadi. Shohni urib olish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: