1. шахмат pra indd


Download 41.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/57
Sana02.12.2023
Hajmi41.93 Kb.
#1779579
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
12896 2 C08F5638F773633B1F80E105C7BDECF5860CF427 (2)

 
2.5.1. Ikki yoqlama zarba 
Shaxmat o‘yinida shunday bir yurish borki, unda sipoh bir 
vaqtning o‘zida raqibning ikki donasiga birvarakayiga hujum 
qiladi. Bunday yurishga – ikki yoqlama zarba deyiladi (24 a,b - 
rasmlar): 


84 
 
24 a,b - rasm 
Quyida sizga “ikki yoqlama zarba” mavzusiga doir bo‘lgan 
misollardan namuna keltiramiz. Taxtada yuzaga kelgan vaziyatga 
hamda amalga oshirilgan kombinatsiyaga diqqat bilan e’tibor 
qiling (25 a,b- rasmlar): 
25 a,b- rasm 
 
2.5.2. O‘yindagi reja haqida tushuncha 
Shaxmat taxtasida vujudga keladigan cheksiz o‘zgarishlar, 
o‘ynovchilar qiladigan yurishlar natijasi bo‘lib, bu yurishlar 
tasodifiy emas. Har bir yurish qandaydir afzallikka erishishni
ularning yig‘indisi esa g‘alaba qozonishdan iborat bo‘lgan umumiy 
maqsadni ko‘zlaydi. Umuman rejasiz o‘ynagandan ko‘ra, xato 
bo‘lsa ham rejali o‘ynagan yaxshi. 
Ma’lum maqsadlarni ko‘zda tutgan bir necha yurishlar o‘yin 
rejasini tashkil etadi. Reja oldindan tuziladi va bu – shaxmat 
strategiyasi deb ataladi. Bu rejani amalga oshirish esa – shaxmat 
taktikasi hisoblanadi. 


85 
Strategiya – maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligini, 
qanday vazifalarni hal qilish lozimligini aniqlab beradi. Maqsadni 
amalga oshirishdagi bosqichlar – taktikadir. 
Taktika – har bir vazifani taxtada vujudga kelgan muayyan 
vaziyatlarga qarab hal qiladi, ya’ni o‘ynovchi eng yaxshi 
yurishlarni tanlab, ularni izchil ravishda amalga oshiradi. 26 a,b - 
rasmlardagi masalalarda oqlar boshlab g‘alaba qozonadi. Javobni 
topishga harakat qilib ko‘ring. 
Izchil davom ettirilgan har bir shaxmat partiyasi strategiya va 
taktikaning birligidan namunadir. Shaxmatchi o‘yinning ma’lum 
bir bosqichida vaziyatni tahlil qilish yo‘li bilan strategik reja tuzadi 
va keyinchalik uni zarur taktik vositalar yordamida amalga oshiradi. 
Uning analitik qobiliyati qanchalik zo‘r bo‘lsa, rejasi shunchalik 
ta’sirchan va natija ko‘ngildagidek bo‘ladi. 

Download 41.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling