81
tomonidan qo‘yilgan xato va kamchiliklar
murabbiy tomonidan
tushuntirilishi kerak. Bu bilan ular o‘z o‘yinlarini tahlil qiladi, yo‘l
qo‘ygan xatolarini topadi va tuzatadi.
2.4. Shaxmat notatsiyasi
Shaxmat taxtasidagi har bir xona o‘z nomiga, har bir sipoh esa
o‘zining qisqa ifodasiga ega. Maxsus belgilar yordamida partiya,
ya’ni taxtadagi sipohlarning yurishi yozib boriladi.
Bunday yozib
borish –
shaxmat notatsiyasi deyiladi.
Uning yordamida turli vaqtlarda
turli shaxmatchilar
tomonidan o‘ynalgan partiyalarni o‘qish va o‘z partiyalarini yozib
borish mumkin.
Xonalar va sipohlar ifodasini bilib,
har qanday vaziyatni
osongina yozib olasiz. Partiyani yozib olish uchun avval yurish
raqami, keyin donalarning qisqacha belgisi hamda katakning nomi
ifodalanadi.
Shaxmat adabiyotlaridan foydalanganimizda bir qancha qisqa
belgilarga duch kelamiz. Ular bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: