1 shavkat zokirov


partiyalarni ularning faoliyatlari asosiy qonun qoidalarga zid kelmasa tuzish


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana22.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1285837
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41

partiyalarni ularning faoliyatlari asosiy qonun qoidalarga zid kelmasa tuzish
huquqi Afg`onistonning siyosiy hayoti uchun prinsipal jihatdan yangi hodisa edi 
Biroq ichki siyosiy vaziyatni to`satdan keskinlashtiruvchi kutilmagan xolatlar 
yuzaga keladi. 
Poytaxt jamoatchiligi, ayniqsa uning radikal kayfiyatdagi qismi siyosiy 
islohatlarning cheklanganligiga, ayniqsa e`lon qilingan huquq va erkinliklarning
salmoqli qismi qog`ozda qolib ketayotganligiga qarshi o`z noroziligini bildiradi. 
1965 yilning oktabrida ko`p kishilik norozilik namoyishlari ro`y beradi. Hokimiyat 
kuch ishlatadi. Namoyishchilarni tarqatib yuborish chog`ida ko`plab qurbonlar 
bo`ladi. 
Shu orada mamlakat parlamenti siyosiy partiyalar haqidagi qonun loyihasini uzoq
vaqt davomida arang tasdiqladi. Biroq u qirol tomonidan tasdiqlanmay qolaverdi. 
Shunda 1960 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab tuzila boshlagan siyosiy partiya
va tashkilotlar amalda mamlakat oliy hokimiyati irodasiga zid tarzda yashirin yoki 
yarim oshkora sharoitlarda faoliyat ko`rsatdilar. Xar holda parlamentga xayotga 
tadbiq qilingan yagona narsa bu matbuot haqidagi eng qonunning (1965yili) qabul 
qilishi bo`ldi. Mamlakatda xususiy ro`znoma va jurnallar chiqa boradi. 
1973 yilga kelganda ularning soni 26 taga etgan edi. 1960 yillarning o`rtalaridan
1970 yillarning boshlarigacha bo`lgan davr afg`on jamiyatiga arzigulik
o`zgarishlarni olib kelmadi “ holbuki bunday o`zgarishlarni mamlakatdan ijtimoiy-
iqtisodiy ahvolni yaxshilashga, undagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashishga


57 
imkon bergan bo`lar edi. Taasufki, bunday o`zgarishlar sodir bo`lmadi. Mamlakatda
umummilliy inqirozning belgilari yaqqol ko`zga tashlanib qolgan edi. 
Monarxiyaga qarshi 1973 yilgi to`ntarish. 
Afg`on jamiyatining ijtimoiy kuchlarini siyosiylashuvi jarayoni bu vaqti kelib 
tugallangan shaklga bo`lardi: siyosiy partiyalar, tashkilot va harakatlar tashkil 
topishi nihoyasiga yetardi. 1965 yilning yanvarida bir qator marksistik ruhdagi 
to`garaklar va boshqa sotsialistik guruhlarni qo`shilishi asosida Afg`oniston xalq- 
demokratik partiyasi tuziladi.1965-yilning 1 yanvarida bo`lib o`tgan I (tasis) sezdida 
7 kishidan iborat partiyaning oliy rahbariyati saylanadi. AXDP ning bosh kotibi 
Nurmuhammad Taraqqiy, uning o`rinbosari Babrak Karmel bo`ldilar. 1966-yilning
aprelida AXDP rahbariyati o`zining matbuot organi- “Xalq” ro`znomasiga asos 
soladi. Uning birinchi sonlarini sahifalari partiya dasturini bo`yoq qilishga 
bag`ishlanadi. AXDP o`zining piravard maqsadi sifatida yangi sotsialistik jamiyat 
qurishni e`lon qiladi. Biroq 1966 yilning mayidayoq hukumat qarori bilan “ Xalq” 
ro`znomasini bundan buyon chiqarilishi ta`qiqlab qo`yiladi. Shunga qaramay AXDP 
tarafdorlari va bu partiyaga xayrixoxlik bildiruvchilar talabalar tashkilotlari orasida, 
armiya bo`linmalari va boshqa joylarda boshlang`ich tashkilotlarning keng tarmog`ini 
yaratadilar. Mamlakatda boshqa tashkilotlar ham jumladan jamaochilik- “ shaolen 
jovud” (“Abadiy gulxan”) tashkiloti, sotsial- demokratik, aqidaparastlik ruhidagi “ 
Musulmon birodarlari” “ Musulmon yoshlari” va boshqa tashkilotlar tuziladi. 
Jamiyatni bundan buyon ichki siyosiy boshboshdoqligini oldini olishga qurbi 
yetmay qolgan mamlakatning doiralari hukumatparast Ilg`or demokratlar 
partiyasini (IDP) tuzishga urinib ko`rdilar Islom tamoillari yo`lida, konstitutsion 
monarxiya, millatparvarlik va sotsializm uchun kurash partiyaning maqsadi deb e`lon 
qilindi. 
Biroq bu partiyaning dasturi jamiyatda aks sado bermadi. Amalda IDP partiya 
darajasiga yeta olmay bor yo`g`i bosh vazir M. X. Mayvondvalg shaxsan sodiq 


58 
kishilar guruhidan iborat bo`ldi xolos. 1967 yili kuzida uning iste`fosi bilan IDP ham
barham topdi.
M.X. Mayvandvaldan so`ng bosh vazir lavozimini 1973 yilga harbiy davlat 
to`ntarishiga qadar navbatma-navbat uch kishi egalladilar. Nur Axmad Ettemadi 
1967-1971 yillarda, Abdul Zohir 1971-1972 yillarda, Muso Shofiq 1972-1973 
yillarda hukumatini boshqarardilar. Tan shundaki, Afg`onistonda yuzaga kelgan 
hokimiyat strukturasida bosh vazirning vakolatlari real siyosiy ahamiyatga ega 
emas, binobarin uning tayinlanishi shahsan qirol tomonidan amalga oshirilar, Shuning 
uchun xatto bosh vazirlar ichida istilochilik kayfiyatida bo`lgan arboblarning qo`llari 
ham amalda bag`ishlangan edi. Siyosiy yuqori qatlamdan bo`lgan ba`zi bir arboblar 
tobora hokimiyat rejimini va umuman boshqaruv shaklini, o`zgartirish fikriga kela 
boradilar. Ijtimoiy inqiroz sharoitida, hokimiyat “quyidan” egallab olish (Afg`oniston 
tarixida bunday xolat yuz bergan edi) imkoniyatlarini oldini olish maqsadida
almashtirishga mahkum bo`lgan rejimni tugatish bo`yicha vazifani armiya o`z 
zimmasiga oladi.
1973-yilning 16 iyulidan 17 iyuliga o`tar kechasi qirol oilasi a`zolaridan bo`lgan 
sobiq bosh vazir Muhammad Dovud boshchiligidagi bir guruh zobitlar qon 
to`kmasdan davlat to`ntarishini amalgam oshirdilar. Monarxiya tuzumi bekor qilinib, 
Afg`oniston Respublika deb e`lon qilinadi. 
Deyarli 40 yildan oshiq vaqt hokimiyat tepasida bo`lgan sobiq qirol Muhammad
Zohir-shoh davlat to`ntarishiga sodir bo`lgan vaqtda Italiyada bo`lib, u bir oydan 
so`ng taxtdan voz kechadi. 
Mamlakatda davlat hokimiyatining oily organi Respublika Markaziy qo`mitasi 
(RMQ) bo`lib qoladi. Unga asosan to`ntarish rahbarlari va bevosita ishtirokchilar- 
zobitlar kiradilar. 
1973-1978 yillarda Afg`oniston Aprel inqilobi.


59 
1973 yilning avgustida birinchi respublika hukumati shakllantiriladi RMQ qarori
bilan Muhammad Dovud bosh vazir va davlat boshlig`i bo`lib qoladi. Hukumatning
mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy xayotni qayta tashkil qilish bo`yicha ilk 
qadamlar jamoatchilikning keng qatlamlari orasi ma`qullanadi. Poraxo`rlik va 
choyqavchilik bilan kurash bo`yicha ishga va mayda xizmatchilarning ahvolini 
birmuncha yaxshilash, mahalliy tadbirkorlikka nisbatan imtiyozli soliq tuzumini 
joriy qilish bo`yicha chora-tadbirlar amalgam oshiriladi. 
Yer islohati haqida qonun qabul qilinib unga ko`ra yirik yer egaligi
sug`oriladigan yerlarda 20 gektar bilan cheklab qo`yildi. Bundan ortiqcha yerlar
musodara qilinib sotib olish sharti bilan dehqonlar taqsimlab berildi. Birok umuman
olganda yerga 5 ming oiladan oshiroq ya`ni barcha afg`on dehqonlar ommasining 
taxminan 1foizi dehqon xo`jaliklar qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldilar. Moarif 
va ta`lim tizimi qayta tashkil qilindi. 
Bir qancha vaqt o`tgandan so`ng Muhammad Doud e`lon qilingan Afg`onistonni 
ijtimoiy va demokratik qayta qurish yo`lini taftish qila boshlaydi. 1974 yildan 
boshlab Vazirlar Mahkamasi tartibidan so`l kuchlar vakillar, eng avvalo AXDP 
a`zolari chetlashtirildilar. O`ng va konservativ kuchlar vakillarining siyosiy roli va
ta`siri sezilarli darajada kuchayadi. Ijtimoiy dasturlarga bajarilishi va yer islohatini 
amalgam oshirilishi yo`lidan qaytiladi. 
Muhammad Doudni mamlakat shahsiy hokimiyati rejasini o`rnatish yo`liga 
kirayotgan tobora ayon bo`la boradi. U davlat va hukumat boshlig`i bo`lishi bilan 
birga tashqi ishlar va mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallab oladi. 1976 yili u 
tomonidan hukumat partiyasini tuzish g`oyasi ilgari surildi. Shu yil oxiriga kelib 
bunday partiya tashkil qilinadi va u ’’Milliy inqilob partiyasi nomini oladi. 
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling