1 shavkat zokirov


Partiyaning rahbar organi Muhammad Dovudga eng yaqin bo`lgan 5 vazirdan iborat


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana22.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1285837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41

Partiyaning rahbar organi Muhammad Dovudga eng yaqin bo`lgan 5 vazirdan iborat 
bo`ladi. Faqat shu partiyagina mamlakatdagi siyosiy faoliyatga monopol huquqga 
ega bo`lgan edi. 


60 
Respublika hokimiyati strukturasini tadridjiy rivojlanishida 1977 yilning
yanvarida loya jirg`a tomonidan Muhammad Dovudni president etib saylashi va u 
tomonidan Muhammad Dovud konstitutsiyasini butun mazmuni respublika 
prezidentini Afg`onistonning yakkayu yagona hukmdoriga aylantirgan edi. 
Bunda bir tomondan fuqorolarning huquq va erkinliklari e`lon qilinsa ikkinchi 
tomondan fuqorolar jamoat tashkilotlariga uyushish, kasaba uyushmalari, siyosiy 
partiyalar tuzish huquqlaridan mahkum etilganlar. So`z va matbuot erkinliklari ham 
davlat organlaridan oldindan ruhsat olish tartiblari bilan amalda cheklab qo`yiladi. 
1978 yilga kelib mamlakatda ichki siyosiy vaziyat keskin tarzda chigallasha 
boradi. Hukumat uchun mamlakatdagi umumiy vaziyat ham noqulay bo`lib, 
aholining norozilik chiqishlari , qabilalarning isyonlari tez-tez bo`lib turadigan 
hodisalar bo`lib qoladi. Aholini polisiya va armiyasi bo`linmalari bilan
yo`qlashuvlari binolari yondirib yuborish yo`llarida talon-taroziliklari teroraktlari 
tobora kuzatib bormoqda edi. Doud rejim muxolifatiga kuchlarga qarshi to`g`ridan-
to`gri qatag`onlar yo`liga o`tadi. 1978-yil 17 aprelida AXDP rahbarlaridan biri Mir 
Akbar Xaybarka yetilgan inqiroziniung natijasi bo`ldi. Uni dafn etish
marosimi siyosiy namoyishiga aylanib ketdi. Hukumat so`l muxofilatchilik birinchi 
galda AXDP ning taniqli arboblarining qatag`on qilishga qaror qiladi 25 aprelda 
uning o`nlab a`zolari jumladan partiyaning rahbarlari N.M.Taraqqiy va Babrak 
Karmallar qamoqqa olindilar. Ozodlikda qolgan AXDP a`zolariga qurolli qo`zg`olon 
uchun xabar keladi. Afg`on armiyasining bir necha batalyonlari prezident
Muhammad Doud qarorgohiga va hukumat uyiga qildilar. Avj olib ketgan jang
harakatlari chog`ida Muhammad Dovud o`ldiriladi. Bu hodisa 1978 yilning 27 
aprelida sodir bo`lgan edi. Mudhish oqibatlari bir necha yillarga o`z asoratini 
kechgan Aprel inqilobi shunday sodir bo`lgan edi.
Afg`oniston Demokratik Respublikasi AXDP boshqaruvi 


61 
Qamoqdan ozod qilinganlardan so`ng AXDP rahbarlari hokimiyatini o`z qo`llariga
oladilar. Muhammad Dovud hokimiyatini chetlashtirilgan kunning ertasiga
mamlakatning oily organi bo`lib qolgan Inqilobiy kengash (IK) va shuningdek yangi 
hukumat shakllantirildi. Inqilobiy kengash raisi va ayni vaqtda bosh vazir etib 
Nurmuhammad Taraqqiy , Uning o`rinbosari etib Babrak Karmal tayinlandi.
Mamlakat Afg`oniston demokratik Respublikasi deb nom oldi.
1978 - yil 9- mayda Afg`on jamiyatining tashkilotchi va yo`naltiruvchi kuchi 
deb e`lon qilingan. Inqilobchi kengash va AXDP nomidan “Afg`oniston demokratik 
respublikasi hukumat inqilobi vazifalaring asosiy yo`nalishlari” ma`lum qilindi. 
Birinchi navbatdagi vazifa sifatida yersiz va nam yerli dehqonlarning qarzdorligini 
qisqartirish, sudxo`rlikni tugatish maxorni bekor qilish bo`yicha ko`riladigan choralar 
belgilandi. Navbatdagi qonun bilan yirik pometchik yer mulkchiligining asoslari 
yemirildi, 
Maxor- kelin uchun beriladigan qalinning bir turi. 
Avvalo sobiq qirol oilasiga tegishli ko`chmas va harakatdagi mulklar, prezident 
Muhammad Doud va boshqalarini yer egalarini mulkini musodaraga qilindi. Eng 
zaruriy bir qator tovarlarning narxlari tushirildi, aholi bu tovarlar bilan ta`minlashni
yaxshilash choralari ko`rildi. Mamlakat, turar joylar, machitlar, sanoati obeyektlarini 
qurilishi boshlandi. 
Mamlakatda qayta o`zgartirishlarni amalga oshirishni boshlagn ADP 
rahbariyatining niyatlari revolyutsiyasi tomoniga dehqonlar ommasini, shaharning
mehnatkash qatlamlari jalb qilish o`zining ijtimoiy tayanchiga ega bo`lishidan iborat 
edi. Biroq ADP ning yangi rahbariyati inqilob agrar siyosatining maqsadlarini 
targ`ib qilish bo`yicha izchil tushuntirish ishlarini olib borishi o`rniga, dehqonlar
ommasini ularning milliy o`ziga xos xususiyatlarini a`nanalari va ijtimoiy ruhiyatini
hisobga olgan xolda muntazam o`z tomoniga og`dirish o`rniga bilan
islohatlarini amal qoloqlik siyosati dehqonchilik siyosati dehqonchilar ommasiga


62 
unga bo`lgan ishonish izdan chiqaradi. Agar yer islohatining birinchi bosqichida
yer odatda faqat yirik mulkdorlardan tortib olingan bo`lsa, keyingi bosqichlarida 
esa o`rta xol dehqonlarning ham ortiqcha yerlarni tartib olina boshladi. Bundanda 
yanada jiddiy muommo yuzasiga keldi. Yersiz va kam yerli dehqon majburan
oldingi yerlaridan tortib olingan yerlarini o`z mulkchilikga olishga ruhiy jihatda 
tayyorlanmagan bo`lib chiqdi. Bundan tashqari dehqonchi olingan yerni sotish 
ijaraga garovga berish ayniqsa meros qilib qoldirish vaqtida mayda bo`laklari 
bo`lish taqiqlanadi. Bu esa umuman sharoitga xilof bo`lib, afg`on dehqonni 
hayotining ananaviy normalariga zid kelardi.
O`z navbatida mahorni bekor qilish, shuningdek nikoh chog`ida yosh bo`yicha 
cheklovlarini joriy qilishi hokimiyati tomonidan afg`onlar uchun eng muqaddas
xisoblangan uning oilaviy hayotiga aralashshi sifatida baholanmasligi mumkin 
emasdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy xayotiga jalb qilinishi ( xususan savodsizlikni
tugatish bo`yicha to`garaklarga) shuningdek oshkora qaroqsizlikni keltirib chiqara 
boshladi. 1979 yilning boshlaridan hokimiyat ma`murlarini ruhiyatiga nisbatan
siyosati ham o`zgara boshlaydi. Endilikda ularni ochiq tarzda huquqiy kamsita 
boshladilar. ADP rahbariyati tomonidan yo`l qo`yilgan qo`pol hatoliklar
Afg`onistonda fuqorolar urushini boshlanib ketishiga bahona bo`ladi. 
Dastlabki vaqtda yangiliklarni joriy qilinishiga qarashlilik ko`rsatish stixiyali
xarakterga ega bo`lgan edi. Ammo hukumat tomonidan noroziliklarni bostirish
bo`yicha qattiq javob reaksiyasi uni battar alangga olib ketishini keltirib chiqardi. 
O`z huquqlari kamsitilgan yirik zamindorlar xonlar maliklar mullalar ham bundan 
chetga qolmadilar. Hokimiyati qarshilik ko`rsatish diniy shiorlar ostida, jihotga 
chorlashlar bilan tobora tashkiliy tus olib boradi. 
1978yilning oktabrida birinchi yirik qurolli qo`zg`olondan keyin esa 1978 
yilning martida Hirotda bir qator boshqa shahar va viloyatlarda sodir bo`ladi.


63 
Shuning avvaligi stixiyali tarzda, keyingi esaancha tashkiliy tarzda afg`on aholisini
mamlakatdan qo`shni Eron va Tojikistonga qochib o`tishi boshlandi. 
Afg`on qochoqlari muxojirlarga ya`ni ko`chib keluvchilarga aylanib qochib 
o`tish jarayonlarining o`zi esa xijrat hisoblandi. Xijrat islom arkonlari bo`yicha
zolimlariga qarshi muayyan maqsadiga yo`naltirilgan norozilik siyosiy akti sanaladi. 
Afg`on muxojirlarini qabul qiluvchi mamlakatlar aksar mamlakatlari ya`ni islom
miyorlari bo`yicha ularni qabul qilish va zarur narsalar bilan ta`minlashga majbur 
bo`lgan mamlakatlar bo`lib qoldilar. Shunday qilib, aksar mamlakatlar uchun afg`on 
muxofilatiga ADP ning “kommunistik” hukumatiga qarshi kurashda har tomonlama
yordam ko`rsatishini oqlovchi islomiy huquqiy asos paydo bo`ladi. 
Xijrat jarayonida ayniqsa 1979 yilning dekabri oxirida Afg`onistonga sovet 
qo`shinlarini kiritilgandan keyin kuchayadi. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda 
1980yillarning o`rtalariga kelib Afg`oniston bilan chegaradosh mamlakatlarda 
qariyb 3 mln afg`on qochoqlari yuzga keldi. 
AXDP liderlari o`rtasidagi shafqatsiz kurash halokatli rol o`ynadi. Buning
natijasida AXDP ning ko`plab a`zolari halok bo`ldilar. Oqibatda bu partiya
zaiflashtirishi bilan birga mamlakatda ichki beqaror vaziyatni vujudga keltiradi. 
1979 yilning sentabrida AXDP inqilobiy kengash rahbari N. Taraqqiy uning raqibi
Hofizulla Amin tomonidan o`ldirildi. Shundan so`ng oxiri ko`rishmaydigan tozalash, 
qatag`onlar avj olib ketadi. AXDP aholi orasida o`z ta`sirini yo`qotadi, mamlakatdan 
nafaqat yer egalari, burjuaziyaning, amaldorlarini balki ko`plab oddiy dehqon va 
chorvadorlarning ommaviy qochib ketishiga intilishlari bundan dalolat berardi.
Xafizulla Amin ham hokimiyatda ko`p vaqt turmadi. Uning yo`lini yetarlicha 
sovetparast emas deb hisoblagan SSSR rahbariyati qabuliga o`z qo`shinlarini kiritadi. 
Prezident saroyi bilan egallanadigan vaqtda X.Amin o`ldiriladi. AXDP va 
Inqilobiy kengash rahbarligiga bir oz muddat ilgari ADPning Chexoslavislakiydagi 
elchisi bo`lgan Babrak Karmal keldi.


64 
Shu vaqtdan boshlab Afg`oniston xanuzgacha davom etib kelayotgan urush olovi 
ichida qoladi. Gap fuqoralar urushi haqida ham Afg`onistonga olib kirilgan sovet
qo`shinarlari bilan olib borilgan urushi haqida bormoqda. Mamlakatga kiritilgan sovet
qo`shinlarining soni qariyb 100ming kishini tashkil etadi, bundan tashqari SSSR
hukumati qo`shinlarni texnik va xarbiy jihatdan qurollantirgan edi, Sovet qo`shinlari 
kiritishi nafaqat xato, balki qo`pol siyosiy kaltabinlik ham edi, desak xato bo`lmaydi. 
U nafaqat ko`pchilik afg`onlarning SSSR dan ixlosini qaytarib qolmay, qabuldagi 
B. Karamal hukumatini yakkalanib qolishga olib keldi. Bu hukumatni yakkalanib, 
ijtimoiy tayanchini kengaytirishga, yangi tub islohatlar o`tkazishni va`da qilish 
bilan xalqni o`z tomoniga og`dirishga qaratilgan kechikib qilingan urushlar ham, 
Babrak Karamal yangi prezident Narjibullo bilan almashtirilishi ham natija bermadi. 
Uzoqqa cho`zilgan urushi shaharlarning misli ko`rilmagan darajada vayron 
bo`lishiga, aholini ommaviy tarzda Tojikiston, Eron va boshqa mamlakatga qochib 
ketishiga majbur bo`lishiga ( qarshi 5 mln.kishi) olib keldi. Ammo eng muhimi u
turli-tuman afg`on etnoslarida millatchiliknni keskin o`sishi qurolli kurashda etnik, 
qabilaviy va siyosiy guruhlarga tayanadigan turli xildagi aqidaparastlik, islom- 
millati oqimlarning haddan tashqari kuchaytirishni yuzaga keltiradi. 
Afsuski urushi 1988 yil oxirida 1989 yilning boshlarida sovet qo`1shinlarini 
Afg`onistondan olib chiqib ketilishi va 1992 yili tashqaridan qo`llab quvvatlashidan 
mahrum bo`lgan Najibullo hukumatining qulashi bilan to`xtagani yo`q. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling