1 shavkat zokirov
Mao TSzedun vafotidan so'ng Xitoydagi dastlabki o'zgarishlar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Mao TSzedun vafotidan so'ng Xitoydagi dastlabki o'zgarishlar.
1976 yilning 9 sentyabrda XKP Markaziy qo'mitasining raisi Mao TSzedun 83 shida Pekinda vafot etdi. Unnig vafoti bilan Xitoy eng yangi tarixining butun bir davri ham nihoyasiga yetdi. Mao TSzedundan Xitoyning inqirozli holati meros bo'lib qoldi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda mamlakatda 20mln, ishsizlar armiyasi bo'lib, 100 mln odam to'yib ovqat yeyish imkoniyatiga ega emas edi. Jon boshiga yiliga to'g'ri keladigan daromad bo'yicha (qariyb 200 dollar) Xitoy dunyoda eng pastki o'rinlardan birida turardi. Qishloq xo'jaligida bu ko'rsatgich yana ham (80 dollar atrof past edi.) Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va ko'pchilik nooziq-ovqat tovarlari kartochka tizimi bo'yicha taqsimlanarn, oziq-ovqat mahsulotlarda va eng zaruriy tovarlarni ishlab chiqarishning o'sishi, aholi o'sishi sur'atlaridan orqada qolib qelayotgan ediki, bu esa iqtisodiy vaziyatni yanada yomonlashtirar edi. Partiya - davlat rahbarligi ichida hokimiyatni qayta taqsimlanishi natijasida birinchi o'ringa hukumat boshliqligini saqlagan holda XKP raisi lavozimini egallagan Xua Tofen chiqdi. O'zining birinchi qadamini siyosiy arenadan TSzyan TSin va uning uchta sheriklari Mao TSzedunning kuyovi - YAo Venyuan, siyosiy byuro a'zolari - CHjon CHuntsyao va Van Xunvenlarni chetlashtirishdan boshladi. 1980-1981 yillarda Pekinda to'rtlar to'dasi ustidan ochiq sud jarayoni bo'lib o'tdi. Bu birga sudlanuvchilar “madaniy inqilob” davrida og'ir jinoyatlarni sodir etilishida aybdor deb topildilar. Ayblovlarga iqror bo'lmagan TSzyan CHin o'lim jazosida hukm qilindi (ko'p o'tmay bu hukm umrbod qamoq jazosi bilan ommalashtirildi), to'rtlar to'dasining qolgan a'zolari esa uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etildilar. 93 Mao TSzedunni tanqiddan asosan chetda qoldirib unnig vorislari ilgari barcha xatolarni, shu jumladan Den Syanitstsi obro'sizlantirish bo'yicha aybni mana shu guruhni bo'yniga qo'yishga harakat qildilar. 1977 yilning yozida bo'lgan XKP ning XI s'ezdida Den Syaonin Davlat kengashi premeri o'rinbosari va XKP MK raisi o'rinbosari lavozimini egallagani holda partiya va davlat rahbariyati ishiga qaytadi. Asta-sekin davlat hayotida yangi sharoitlarda ilgarigidek muhim rolni o'ynayotgan armiya ham uning to'liq nazoratiga o'ta boshlaydi. Mana shu s'ezdda “madaniy inqilobni tugaganligi rasman e'lon qilinadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling