1 shavkat zokirov


Den Syaoninning iqtisodiy islohotlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/41
Sana22.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1285837
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Den Syaoninning iqtisodiy islohotlari 
1978 yilning dekabrida bo'lgan XKP ning III plenumida Den Syaonin iqtisodiy 
islohotlar tashabbusi bilan chiqadi. Biroq bu dasturning amalga oshirilishi butun 
iqtisodiy tizimini tubdan modernizatsiya qilish sharoitidagina mumkin bo'ldi.
Dehqonning ishlab chiqarishdagi mas'uliyatiga asoslanadigan tizimga o'tila boshladi. 
Qishloq xo'jaligida asta sekin oilaviy pudrat joriy qilina bordi. Xo'jalikni jamoa, bo'lib 
yuritishning ilgarigi tizimi ko'rinishi o'zgara bordi. Yer shartnoma asosida dehqonga 
berilar, ortiqcha mahsulotni o'zi istagancha tasarruf etish huquqiga ega edi. Bu qishloq 
xo'jaligi sur'atlarining jadal o'sishiga olib keldi. 
Ayni vaqtda qishoq xo'jalik mahsulotlarini sotib olish narxlari oshirildi. Dehqonning 
shaxsiy mulkchiligiga asta-sekin qishloq xo'jaligi texnikasi ham o'ta boshlaydi. 
1984 yildan islohotning og'irlik markazi shaharlar zimmasiga tushdi. Korxonalarga 
yanada kengroq huquqlar berildi., mehnatga yarasha haq to'lash tamoyili qayta 
tiklandi, xususiy tadbirkorlik faoliyatiga yo'l ochildi. XXR iqtisodiyotiga xorijiy 
sarmoyalarni jalb etish uchun erkin iqtisodiy xududlar barno etildi, ular dengiz 
bo'yicha viloyatlarida tashkil etilib chet el investitsiyalari uchun qulay sharoitlar 


94 
yaratildi. Partiya qo'milari ilgarigidek davlat, xo'jalik organari o'rnini egallab olmaydi, 
endilikda aholi orasida faqatgina tarbiyaviy ishlari bilangina shug'ullana bordilar. 
O'tkazilayotgan islohotlar tez orada o'zining ilk ijobiy istijolarini berdi. VI -esh yillik 
(1981-1985yy) davomida sanoat ishlab chiqarishi yilligi o'rtacha 11 %dan o'sib berar 
edi. 80 yillarda shahar va qishloq aholisining daromadlari deyarli ikki marta ko'paydi, 
lekin bu ko'rsatkich boshqa davlatlar bilan solishtirganda ancha pastligicha 
qolayotgan edi.
1987 yilning kuzida XKPning XIII s'ezdi belib o'tdi, unda XXRda sotsializmning 
boshlang'ich bosqichi to'g'risidagi nazariya ishlab chiqildi. Bu konstituttsiyaga ko'ra 
Xitoyda sotsializm qurilishi uchta asosiy bosqichni bosib o'tishi kerak. 1990 yilga 
kelib XXR YAIM 1980 yilga nisbatan ikki marta ko'paytirish va Xitoy axolisi asosiy 
oziq-ovqat,va kartochka tizimidan foydalanmagan xolda kiyim kechak bilan 
ta'minlash lozimligi takidlandi. 
Ikkinchi bosqich 1990-2000yillarni o'z ichiga olishi bu bosqichda YAIM (yangi ichki 
maxsulot) 1990 yilga nisbatan ikki marta oshirishi va axoli turmushi o'rta darajaga 
yetkazilishi ko'zda tutilidi.So'ngi bosqich anchagina uzoq davrni ya'ni 2000 yildan 
2043 yilgacha (ya'ni XXRning 100 yilligi) bo'lgan davri o'z ichiga olishi va bu 
bosqich Xitoyni o'rtacha rivojlangan (dunyo o'lchovlari bo'yicha) mamlakatga 
aylantirishi belgilandi. 
Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun 1980 yillarning oxirida iqtisodiy vaziyatni 
barqarorlashtirish bo'yicha qat'iy choralar ko'rildi: ma'muriy usullar bilan eng muhim 
tovarlarning narxlarini o'sishi cheklab borildi, kapital qurilish ko'plab ob'ektlari 
to'xtatib qo'yildi, bir qator qishloq xo'jalik tovarlarini xarid narxlari ko'tarildi. 
Umuman olganda bu iqtisodiy rivojlanish uchun qo'shimcha imkoniyatlar berdi.
Ayni vaqtda davlat amaldorlari va partiya xodimlarining xususiy biznesga nisbatan 
munosabatida suiste'molchiliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga 


95 
oshirildi. Korruptsiya va poraxo'rlikda fosh etilgan shaxslarga qattiq jazolar, uzoq 
muddatni qamoqdan tortib ayrim hollarda esa xatto oliy jazo choralari qo'llanildi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling