1 shavkat zokirov


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana22.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1285837
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


101 
Hindiston 1945-2002 yillarda 
 
Ikkinchi jahon urushidan so'ng Hindistonning iqtisodiy ahvoli. Milliy ozodlik 
kurashining o'sishi va mustaqillikning qo'lga kiritilishi.
Ikkinchi jahon urushi xalqaro vazmyatda ham Hindistonning ichki siyosiy 
ahvolida ham tub o'zgarishlarga olib keldi. Fashistlar Germaniyasi va militoristik 
Yaponiyani tor-mor keltirishi, Xitoy va Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlarida milliy 
ozodlik harakatlarining qudratili to'lqini Hindistonga ulkan ta'sir ko'rsatdi.
Hindiston xalqlari uchun urushdan keyingi yillar katta qiyinchilik va sinovlar davri 
bo'ldi. Urush yillarida o'tkir inqirozga uchragan qishloq xo'jaligi uchun oxiriga kelib 
tushkunlikni boshdan kechirmoqda edi. Ocharchiliklar mamlakatning bir qator eng 
muhim rayonlarini qamrab oldi. Oziq-ovqat va sanoat mollarining yetishmasligi narx-
navoning sezilarli darajada o'sishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning umumiy 
miqdorini kamayishi, shuningdek, harbiy korxonalarning yopilishi natijasida o'n 
minglab ishchilar ko'chada qoldilar. Urush yillarida 2 mln dan ortiq hind askarlari 
harakatdagi armiyada bo'lib, urushdan keyin demobililizatsiya qilingan askarlarning 
katta qismi ish topa olmay ishsizlar sarmoyasini ko'paytirdilar.
Hindistonning mustaqil rivojlanish tendentsiyasi va Angliyaning mustamlaka 
xukmronligi o'rtasidagi asosiy ziddiyat shu qadar keskinlashib ketdiki, Ikkinchi jahon 
urushidan keyin avj olib ketgan ozodlik harakati inglizlarning mamlakatdan quvib 
chiqarish masalasini ko'ndalang qo'ydi. Bu harakatda hind aholisining asosiy 
qatlamlari: milliy burjuaziya, ishchilar, dehqonlar ommasi, ziyolilar (o'quvchi 
yoshlarning ko'p sonli otryadi bilan birga) birlashgan edilar. Bu harakatlarning har 
birining milliy mustaqillikni himoya qilishda ishtirok etishining o'z sabablari bor edi.


102 
Ikkinchi tomondan ingliz ma'murlari Hindistonda o'z mustamlakachilik 
hukmronliklarini saqlab qolish uchun kurashda zamindorlarning katta qismi, knyazlar, 
nomdor burjuaziya va aholining ba'zi qatlamlariga tayanadilar.
Mustamlakachilikka qarshi kurashning ko'tarilishi 1945 yilning boshida 
boshlandi. Bu vaqtda inglizlarga qarshi yirik qo'zg'olonlar Bonores, Kalkutta, 
Bombey va boshqa shaharlarda ko'tarildi. Harakat, ayniqsa, 1945 yilning noyabrida
uyushqoqlik va keng qamrov xarakter kasb etadi. Ular hind qo'shinlaridan Hindixitoy 
va Indoneziyadagi ozodlik harakatini bostirish uchun foydalanishga qarshi norozilik 
kompaniyasiga qo'shilib ketdi.
Milliy ozodlik harakati armiya va floti ham qamrab oldi. 1946 yilning fevralida 
Bombeyda “Talvar” kemasida g'alayonlar boshlanib ketdi. Unga dengizchilarga qum 
alalashgan guruch erishi bahona bo'lgan edi. 19 fevralda “Talvar”ga Bombey reydida 
turgan va 12 ta o'nrgoq bazalarining boshqa kemalari qo'shildilar. Dengizchilar 
qo'zg'oloni boshlangandan so'ng uni qushinlarning boshqa birlari vakillari, undan 
keyin esa Bombey shahrining oddiy kishilari ham qo'llab quvvatladilar. Qo'zg'olon 
bostirilgan bo'lsa-da, favqulodda katta ahamiyatga ega bo'lgan edi. U armiyaning 
jipslashuvi va turli diniy jamoalar , millatlar va siyosiy harakatlarning (o'sha 
bosqichda) birinchi namunasi bo'lib Hindistonda britan hukmronligining chuqur 
inqirozidan guvohlik berdi. Natijada mustamlakachi ma'murlar 1946-1947 yillarda 
ommaviy ozodlik harakatini bo'shashtirishga umid qilib bir qator siyosiy manevrlar 
qilib ko'rdilar. SHu maqsadda 1946 yilning boshlariga Markaziy va prvintsiyala 
qonunchilik organlariga saylovlar belgilandi. Mustamlakachi ma'murlar Hindiston 
Milliy Kongresi bilan Musulmonlar Ligasi o'rtasida mojaro chiqarib va bu mojaroni 
mamlakat siyosiy hayotining bosh muammosiga aylantirishga intildilar.
Saylovlarda birga aasosiy siyosiy xarajatlar ishtirok etdilar. HMK 
Hindistonning to'la mustaqilligi uchun kurash shiori bilan saylovlarga kelgan bo'lsa, 
musulmonlar ligasi Pokiston (“Poklar mamlakati”) uchun, ya'ni sobiq mustamlaka 


103 
Hindistoni huzurida musulmon davlati tashkil etish kurash shiori bilan chiqadi. 
Natijada, HMK Bombey, Madras, Qo'shma provintsiyalar, Markaziy provintsiyalar, 
Orrisa, Asem va boshqa provintsiyalarda mutloq ko'pchilik o'rinlarga ega bo'ldi. 
Musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilgan provintsiyalarda esa Musulmonlar ligasi 
mutloq ko'pchilik o'rinlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lmadi, chunki ko'p 
musulmonlar mamlakatni bo'linishini istamas edilar.
Inglizlar muvaqqat hukumat masalasini musulmon munosabatlarini haddan 
tashqari keskinlashuviga olib kelgan omilga aylantirdilar. 1946 yilning avgustida 
HKM Javoxarlal Neru boshchiligida o'z muvaqqat hukumatini shakllantirdi. 
Musulmonlar ligasi uning tarkibiga kirishdan bosh tortdi va to'g'ridan-to'g'ri Pokiston 
uchun kurash boshlaganlini e'lon qildi. SHunday qilib, hind-musulmon munosabatlari 
keskinlashib ketdi va bir qator qurolli to'qnashuvlarga aylandi.
1947 yil iyunida yangi vitse-qirol Lord Mauntbetten hokimiyatni Hindistonga 
berish rejasini e'lon qiladi. Bunga ko'ra Hindiston diniy belgiga ko'ra Hindiston 
Ittifoqi va Pokistonga bo'lindi. YAngidan tashkil qilingan davlatlar dominion 
huquqini oldilar. Knyazliklarga ddominionlardekqaysi biriga kirishni o'zlari xal qilish 
huquqi berildi. Mamlakatni dastlabki bo'linishi jarayonida siyosiy to'qnashuvlar va 
hind-musulmon qirg'inlari, ayniqsa, Bengal va Panjobda qo'zg'atildi. Katta 
miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlaridan hind rayonlariga va aksincha hind 
rayonlaridan katta miqdordagi qochoqlar musulmon rayonlariga o'tib ketdilar. To'la 
bo'lmagan ma'lumotlarga ko'ra faqatgina Panjobda qirg'in va xunrezliklar qurbonlari 
yarim millionga yetgan.
1947 yilning o'rtalariga kelib mamlakatni ikki dominionga bo'lish nihoyasiga 
yetdi. 15 avgustda Hindiston mustaqilligi e'lon qilindi.
Mamlakatning davlat-huquqiy maqomining o'zgartirilishi uning tarixida mutlaqo 
yangi sahifani ochdi. Ta'si majlisi o'z qonunlarini chiqarish vakolatini qo'lga kiritdi. 


104 
Birinchi mustaqil hukumat ish boshladi. Javoxarlal Neru Hindistonning birinchi bosh 
vaziri bo'ldi. 
Garchi Angliya Hindistonni bo'lib tashlash va uning kuchsizlantirish rejasini 
amalga oshirish uchun mamlakatda diniy-jamoaviy adovatdan foydalanishga 
muvaffaq bo'lgan bo'lsa-da, Hindiston yarim orolida ikki siyosiy muqobil davlatning 
tashkil topishi ular xalqlarining rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichga 
kirganligini bildirar edi. 
Ikki davlatning iqtisodiy resurslari xaddan tashqari nomutanosib tarzda 
taqsimlangan edi. Qazib chiqarish va qayta ishlash sanoatining 90% Hindistonda 
qolgan; Pokistonda esa Hindistonga nisbatan jon boshiga ikki barobar ko'p guruch 
ishlab chiqarilardi. Djut va paxta yetishtiruvchi rayonlar Pokistonga o'tgan bo'lsa, 
deyarli barcha to'qimachilik fabrikalari esa Hindistonda edi. Bunday holat (o'zaro 
keskin munosabatlar bilan birga) shunday ham yuqori bo'lmagan ikki mamlakat 
salohiyatini zaiflashtirar edi.
Ma'muriy 
boshqaruvni 
hindlashtirish 
dominion 
bilan 
knyazliklarga 
integratsiyasini ta'minlash va ya'ngi konstitutsiyani tayyorlash bo'yicha ishlar 
Hindistonda yangi davlat hokimiyatining birligi navbatdagi vazifalari bo'lib qoldi. 
Bir qadar murakkab vaziyat Jammu kanyaligida va musulmon aholisi zid bo'lgan 
Kommir knyazligida yuzaga keldi. Bu knyazlikni Hindistonga qo'shilishi haqidagi 
ahdnomaga alohida avtonomiya berar va uning kelajakdagi maqomi masalasini 
muammoligicha qoldiradigan edi. Bu keyinchalik Hindiston va Pokiston o'rtasida bir-
biriga harbiy mojaroga sabab bo'lib hizmat qildi va shuningdek, hindlar va 
musuklmonlar o'rtasidagi to'qnashuvlarni kuchaytirdi. Hind tashkiloti a'zosi 
tomonidan hind va musulmonlar birligini yo'lga qo'yish uchun kurashayotgan 
Hindiston lideri Mohandas Kaaramgend Gandining o'ldirilishi 1948 yilning fojiali 
voqealarining kulminatsion nuqtasi bo'ldi.


105 
Ilgarigi mustamlaka konstitutsiyasidan tubdan farq qiluvchi Hindistonning 
yangi konstitutsiyasini qabul qilinishi mamlakat suverentetini mustahkamlanishi 
jarayoni ulkan voqea edi. Hindiston suveren demokratik respublika deb e'lon qilindi. 
Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat xalq g'alabasi va SHtatlar kengashidan 
umumhindiston parlamenti tashkil etildi. Konstitutsiya 1950 yil 26 yanvardan kuchga 
kirdi va uning e'lon qilinishi Hindistonning siyosiy mustaqilligini uzil-kesil 
mustahkamladi.
Javoharlal Neru davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar (1950-1960 yillar 
birinchi yarmi). 
Mustaqillikni qo'lga kiritgach, Hindiston ko'plab qiyinchiliklarga duch keldi. 
Mustamlaka davrida milliy ozodlikka erishish asosiy maqsad bo'lib, qolgan 
muammolar esa ikkinchi darajali edi. Endilikda iqtisodiy qoloqlik, ochlikni bartaraf 
etish, savodsizlik, ishsizlikni tugatish, agrar masalani xal qilish, ijtimoiy, milliy, diniy 
va kastaviy qarama-farshiliklarni yechimini topish birinchi darajali vazifalar bo'lib 
qoldi.
Iqtisodiy vazifalarni xal etish Javoxarlal Neru xukumati sanoatining davlat va 
xusumiy sektorini uyg'un rivojlantirish yo'lini tutdi. Iqtisodiyotning davlat 
kommunistik ijrosi asosini mustaqillikka qadar ingliz ma'muriyatiga tegishli bo'lgan 
korxonalar - temir yo'llar, aloqa vositalari, yirik irrigatsion inshootlar, 
elektrostantsiyalar, harbiy zavodlar tashkil etdilar. Sarmoyaviy fondiga ko'ra qariyb 
davlat sektorida keng bo'lgan qolgan barcha korxonalar xususiy kompaniyalar 
nazorati ostida qoldirildi. Maqsadli yo'naltirilgan qurilmalar ta'minlashga intilib Neru 
hukumati rivojlanishning besh yillik resurslarini dasturlariga kiritishdi.
1956-1961 yillarga mo'ljallangan Ikkinchi rejani tasdiqlatish jarayonida 
iqtisodiyotning milliylashtirilgan tarmoqlari davlat tasarrufida qolishi, intellektual, 
ximiya, stanoksozlik, avtomobil va dengiz transportida davlat korxonalarining 
hissasini ko'paytirishi haqida qaror qabul qilindi.


106 
Davlat sektorini rivojlantirish va og'ir sanoat-korxonalarining qurilishi katta 
qiyinchiliklar evaziga Hindiston iqtisodiy mustaqillikning asoslarini yaratdi, busiz 
uning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash mumkin emasdi.
SHu bilan birga bu jarayonda byurokratiyaning o'sishi, bir qator korxonalarining 
samaradorligi, besh yillik rejalarni bajarilmay qolishi, o'tkir ijtimoiy muammolarni xal 
etishga mablag'larning yetishmay qolishi kabi salbiy holatlar ham paydo bo'ldi.
Hindistonni modernizatsiyalashga qaratilgan choralardan biri bu argrar islohotlar 
bo'ldi. Qadim davrlardan hind jamiyati uchun zamindorlikning alohida ko'rinishi xos 
bo'lib, bunga ko'ra zamindorer-joy bo'lish bilan birga, soliq tizimida davlat bilan 
dehqon o'rtasida vositachilik vazifasini ham o'tab kelgan. Yer islohoti zamindorni 
soliq yig'ish huquqidan mahrum qildi. Ijaralar tizimidagi islohotlar ham muvofiq. 
Ishlov berilayotgan yerlarni sotib olish huquqiga ega bo'ldilar. Biroq zamindorlar yer 
islohotiga qattiq qarshilik ko'rsatdilar, ular o'z yerlarida ishlayotgan ijarachilarni 
qo'shimcha o'z yerlaridan xaydab yuborar, bundan boshqalari aksariyat ijarachilar 
yerni sotib olish bahosi yuqori bo'lganligi uchun yerli bo'la olmas edilar. 
Dehqonlarning yersizlik muammosi xal qilinmadi.
HMK tashqi siyosatining asosiy jihati harbiy ittifoqlarga qo'shilmaslik va yosh 
mustaqil davlatlar bilan yaqinlashish bo'ldi. Javoxarlal Neru sobiq SSSR bilan 
do'stona munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish yo'lini tutdt.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling