1 shavkat zokirov
O'zbekiston - Hindiston munosabatlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
O'zbekiston - Hindiston munosabatlari. Hindiston azal-azaldan fan va texnologiya sohasida o'z an'analariga egaligini va XX asrda ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishganini bugun jahon axli e'tirof etmoqda. Buyuk xind olimlari Xomi Bxabxa va Vikrama Sarabxaining ulkan xizmatlari tufayli yadroviy fan va atomdan tinch maqsadlarda foydalanish bobida salmoqli yutukdarga erishildi. Hindiston fazoviy tadqiqotlar, sun'iy yo'ldoshlar texnologiyasidan foydalanish va yo'ldoshlarni samoga uchirish borasida yangi chuqilarni zabt etdi. So'nggi yillarda Xindiston iqtisod, qishloq xo'jaligi, fan va texnika, telekommunikatsiya, aviatsiya, ta'lim hamda mudofaa sohalarida ulkan yutuqlarga erishmoqda. O'zbekiston - Hindiston aloqalari ko'p asrlik tarixga ega. Ayniqsa, Hindistonda Boburiylar hukmronligi davrida ikki halk; aloqalari nixoyatda kengaygan. Boburiy shoxlar davrida o'lkada ko'plab bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Oradan bir necha asr o'tganiga qaramay, bu imoratlar juda yaxshi saqlangan. Agra shaxrida barpo 114 etilgan Toj Maxal dunyoning yetti mo''jizasidan biri sanaladi. Dexlidagi Qizil qal'a va ko'plab boshqa obidalar ham sayyohlarni o'ziga jalb etadi. Bugungi kunda O'zbekiston bilan Hindiston o'rtasida do'stlik, o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan yuksak darajadagi hamkorlik aloqalari qaror topgan. Ikki mamlakat mintaqada xavfsizlik va barqarorlik masalasida mushtarak qarashlarga ega. Hindiston xukumati O'zbekistonning ekstremizm va terrorizmga qarshi olib borayotgan sobit-qadam siyosatini yukori baxolamoqda. 1. Siyosiy soxada. Hindiston O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 26 dekabrda rasman e'tirof etgan. 1992 yil 18 martda Tashkent shaxrida ikki tomonlama diplomatik aloqalar o'rnatish borasida Protokol imzolandi. 1992 yilning sentyabr oyida Dexli shaxrida O'zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonasi ochildi va 1994 yil mazkur vakolatxona elchixona makrmiga ega bo'ldi. Toshkent shaxrida 1988 yildan boshlab faoliyat olib borayotgan Hindiston xukumatining Bosh Konsullik vakolatxonasi 1992 yili elchixonaga aylantirildi. Bugungi kungacha O'zbekistan Respublikasi Prezidentining Xindiston Respublikasiga 3 marta rasmiy tashrifi amalga oshirildi. (1991 rl avgust, 1994 yil yanvar, 2000 yil may). 1993 yil 23-25 may kunlari esa Xindiston Bosh vaziri N.Raoning O'zbekistan Respublikasiga rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi. Bundan tashqari, o'zbek-xind aloqalarini rivojlantirish maqsadida ikki davlat Tashqi ishlar vazirlarining bir qator uchrashuvlari uyush-tirildi. 2003 fevral oyida O'zbekistan Tashqi ishlar vaziri A.Komilovning Xindistonga tashrifi chog'ida xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida qo'shma ishchi guruxini tuzish xaqida bitim imzolandi. Mazkur guruxning birinchi yig'ilishi 2003 yilning may oyida Toshkent shaxrida bo'lib o'tdi. 2003 yil 3-4 fevral kunlari Xindiston Mudofaa vaziri Dj.Fernandes, 6-9 noyabr kunlari esa Xindiston Tashqi ishlar vaziri YA.Singxaning O'zbekistonga tashriflari bo'lib o'tdi. Mazkur tashriflar chog'ida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator muxim xujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-xukukiy asosini 45 ta davlatlararo, xukumatlararo va idoralararo xalkaro xujjatlar tashkil etadi. 115 "Xamkorlik printsiplari to'g'risidagi qo'shma Deklaratsiya", "Davlatlararo munosa- batlar va xamkorlik to'g'risidagi Bitim", "O'zaro qo'llab-quvvatlash va investitsiyalarni ximoya qilish to'g'isidagi Bitim", "Jinoiy ishlar bo'yicha o'zaro xukukiy yordam to'g'risidagi SHartnoma", "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasida qo'shma ishchi guruxini tuzish to'g'risidagi Bitim", madaniyat, ta'lim, sayyoxlik, sport va boshqa soxalardagi xamkorlik to'g'risidagi bitimlar bunga misol bo'la oladi. 2005 yil 4 aprel kunlari O'zbekistan Respublikasi Prezidenti I A .Karimov davlat tashrifi bilan Xindiston Respublikasida bo'ldi. Tashrif davomida mamlakatimiz rahbari Xindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx bilan uchrashdi va mamlakatlarimiz o'rtasidagi ilm fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, sayyoxlik kabi ijtimoiy soxalar bilan birga, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa soxalarda keng xamkorlik kilish zarurati xakida fikr almashildi. SHu bilan birga, xalkaro terrorizm, ekstremizm va insoniyat uchun xavfli boshqa masalalarda qarashlarimiz mos kelishi xakida suxbatlashildi. SHundan so'ng Prezidentimiz I.A.Karimov Xindiston Respublikasi Prezidenta Abdul Kalam bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasi- dagi aloqalarning bugungi xolati va kelajakda yanada rivojlanish istiqbollari to'hrisida ko'plab fikrlar o'rtaga tashlandi va bir necha kelishuvlar imzolandi. 2. Savdo-iqtisodiy soxadagi munosabatlar O'zbekistan va Xindiston Respublikalari o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish maksadida tashkil etil-gan savdo-iktisodiy va ilmiy-texnikaviy xamkorlik borasidagi maxsus xukumatlararo komissiya o'z faoliyati doirasida bir qancha masalalarni ko'rib chiqdi. O'zbekistan bilan Xindiston Respublikasi o'rtasida 1993 yili imzolangan savdo-iqtisodiy xamkorlik to'g'risidagi Bitimga asosan bu ikki davlat o'rtasidagi o'zaro savdo aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ikki davlat o'rtasida tovar ayirboshlash 2002 yili 40,5 mln. AKD1 dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2003 yili bu ko'rsatkich 108,6 mln. AKD1 dollariga va nixoyat, 2004 yili 15,1 mln. AKGL dollarigacha ko'tarildi. Ikki davlat o'rtasidagi eksport va import strukturasini: dori-darmon, farmatsevtika va tibbiyot maxsulotlari, qog'oz, 116 kosmetika, elektronika, choy, kimyo preparatlari, paxta va paxta maxsulotlari, metall, qurilish mollari, ipak, jun, charm maxsulotlari va boshqalar tashkil qiladi. Tovar ayirboshlashda avia xizmatlar aloxida o'rin tutadi. 1992 yili Dexli shaxrida «O'zbekistan xavo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining vakolatxonasi ochildi. Xozirda mazkur aviakompaniyaning xavo laynerlari xaftasiga 4 marta Xindistonga parvoz qilmoqda. Bugunga kelib, O'zbekistan Respublikasida 5 ta xind kompaniyasi va tashkilotining vakolatxonasi, Xindiston Respublikasi investorlari ishtirokida tashkil etilgan 45 ta korxona faoliyat olib borayapti. SHundan 26 tasi qo'shma korxona, 19 tasi esa 100% xind sarmoyasi jalb etilgan korxonalardir. 2005 yil 12 yanvarda O'zbekistan Respublikasiga Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari tashrif buyurdilar va mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy texnikaviy hamkorlik masalalariga doir xukumatlararo komissiyaning beshinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling